Mbappe jarohati tufayli "Bavariya"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
02 fev 2023 14:13
Yangiliklar


Mbappe jarohati tufayli "Bavariya"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Franciya chempionatining 21-turi doirasidagi "Monpele"ga qarshi o'yinda (3:1) jarohat oldi.
24 yoshli franciyalik futbolchi 21-daqiqada Ugo Ekitike o'rniga maydonga tushdi. "L'Equipe" xabariga ko'ra, futbolchi tizzasidan jarohat oldi va endi CHempionlar Ligasi 1/8 finali doirasidagi "Bavariya"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborish ehtimoli bor.
SHuningdek, "Monpele"ga qarshi o'yinda himoyachi Serxio Ramos ham jarohat oldi.
PSJ – "Bavariya" o'yini 14 fevral kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar