Mbappe Franciyaning navbatdagi yig'iniga chaqirilmadi
07 noy 2024 19:59
Yangiliklar


Mbappe Franciyaning navbatdagi yig'iniga chaqirilmadi
"Real" hujumchisi Kilian Mbappe Franciya terma jamoasining bo'lajak o'yinlariga jalb etilmaydi.
Jarohat sabab futbolchi terma jamoaning oktyabr oyidagi o'yinlarini o'tkazib yuborgandi. Bu safar u jarohatidan forig' bo'lgan bo'lsada, terma jamoa qaydnomasiga kiritilmadi.
Millatlar ligasi doirasida Franciya Isroil (14 noyabr) va Italiya (17 noyabr) bilan ro'baro keladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar