Mbappe: “Finalda “Lion” bilan to'qnash kelishni istayman”
19 avg 2020 09:13
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/587607_original.jpg)
![](/upload/storage/587607_220.jpg)
Mbappe: “Finalda “Lion” bilan to'qnash kelishni istayman”
PSJ hujumchisi ECHL yarim final bahsidan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Yakshanba kungi (final bahsi 23 avgust kuni bo'ladi) bahsda bor kuchimni maydonda qoldirishga shaylanmoqdaman. ECHLni yutishni istayman. Tabiiyki, finalda francuz klubi “Lion”ni ko'rishni istayman. Agar biz o'z ligamizni qadrlamasak, kim uni qadrlaydi? Finaldagi raqib “Bavariya” bo'lsa ham bu yomon emas, ammo “Lion”ga qarshi bahs o'zgacha bo'ladi. Neymar bilan o'xshash jihatlarimiz bor. Ammo o'zimizga kamroq etibor qaratishimiz kerakligini ham bilamiz. G'alaba qozonishimiz uchun bizga jamoadoshlar kerak”, — deydi Mbappe.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar