So’nggi yangiliklar

17:25"Нефтчи" "Машъал"га ҳеч қандай имкон қолдирмаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 17:06"Реал" бош мураббийи икки ҳимоячига ишонмаяпти  1 16:43"Бобур Арена" "Андижон" – "Пахтакор" учрашувига тайёр!  3 16:11Чемпионлар Лигасига қачон қуръа ташланади?  4 15:56АПЛ клубининг энг ёш эгаси 30 ёшдан кичик. Бу ким?  0 15:18"Манчестер Сити" Ҳусановнинг рақобатчиси билан шартномани узайтирди  3 14:56АПЛ клублари ойна ёпилишидан олдин трансфер рекордини янгилаб бўлди  0 14:30"Истиқлол" стадиони сухандони провокацион эълонлар берди, "Динамо" стадиони техник ҳудудига бегона шахслар кирди, Владимир Бубанья микст-зона масаласида комиссарга эътироз билдирди — Лига комиссарлари билдиргиси  10 13:58"Ливерпуль" тарихидаги энг қиммат ҳимоячилардан бири сафдан чиқди  3 13:32Суперкомпьютер Бундеслига фаворитларини аниқлади. "Бавария" билан қайси жамоа рақобатлашади?  1 13:03АПЛнинг энг қиммат ёш футболчилари маълум. "Челси", "Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" топда  2 12:36Ямалдан яна бир натижа: у собиқ жамоадошининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 12:12"Нефтчи" пешқадамга айланди, Файзуллаев дебют қилди, Ашурматов қачон сафга қайтиши аниқ – 21 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   3 12:00Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" - "Бухоро" учрашуви 27 августга кўчирилди  4 11:39Эксперт фикри. Иброҳим Отахонов: "Андижон"га нафақат бугун балки кейинги ўйинда ҳам осон бўлмайди"  0

Mbappe endilikda futbolda barchadan ko'p pul topmoqda, Ronaldu – uchinchi, Azar va Inesta o'nlikda Yangiliklar

Mbappe endilikda futbolda barchadan ko'p pul topmoqda, Ronaldu – uchinchi, Azar va Inesta o'nlikda

Xoland ham endi shu erda.

Forbes jurnali dunyodagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchilarning yillik reytingini elon qildi.


Jurnal o'yinchilarning joriy mavsumdagi umumiy daromadlarini hisoblab chiqdi, jumladan futboldagi va maydondan tashqaridagi daromadlar: homiylik bitimlaridan tortib biznesdagi daromadlargacha.


Mablag'lar dollarda ko'rsatilgan va ular soliqlar olingunga qadar.



Nashr malumotlar hammaga ochiq bo'lgan manbalardan (masalan, Capology.com) olinganini va ishonchli insayderlar tomonidan tasdiqlanganini takidlagan.


1. Kilian Mbappe, PSJ – 128 mln (110+18)


Kilian joriy yozda PSJ bilan yangi shartnoma imzoladi va shu sabab uning bu boradagi etakchiligi ajablanarli emas. Ammo, francuzning futboldagi daromadi "osmon" bo'lsa, maydondan tashqarida kamtarroq. Mbappe o'z brendiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'ladi va bazi reklama beruvchilar, jumladan fastfud yoki bukmekerlar bilan hamkorlik qilishni xohlamaydi.


Kilianning asosiy hamkorligi FIFA o'yinlar seriyasidagi muqovada bo'lishdir. Mbappening EA Sports bilan munosabatlari ajoyib.



2. Lionel Messi, PSJ – 120 mln (65+55)


Messi daromadining katta qismini tijoratdan oladi – u adidas, Pepsi, Jacobs & Co soat kompaniyasi, Budweiser piva kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi. Ammo, Forbes Leoda o'sish uchun katta imkoniyat bor deb hisoblaydi, buning uchun Argentina bilan JCH-2022da g'olib chiqishi kerak.



3. Krishtianu Ronaldu, "Manchester Yunayted" – 100 mln (40+60)


Portugaliyalik o'tgan yilda yuqori o'rinda mustahkam joylashgandi, ammo MYUdagi muammolar sabab ikki poziciya pastladi. Krish – hali ham dunyoning eng ko'p haq oladigan o'yinchisi, ammo faqatgina maydondan tashqaridagi daromadlarni hisobga olsa. U Nike, Herbalife, Livescore va boshqa brendlar bilan hamkorlik qiladi.


Ronaldu shuningdek ijtimoiy tarmoqlardagi taxminan 500 million obunachisi bilan maqtanishi mumkin.



4. Neymar, PSJ – 87 mln (55+32)


Ushbu reytingdagi so'nggi PSJ vakili. Iyulda Neymarning yakunlangan shartnomasi avtomatik ravishda 2027 yilga qadar uzaytirildi. "Parij" aniq braziliyalik qolganidan afsuslanmaydi. Ney ajoyib formada, ammo maoshi kamaydi.


U JCH-2022 oldidan u Qatar telekommunikaciya kompaniyasi Ooredoo Group bilan ham shartnoma imzoladi.



5. Muhammad Salax, "Liverpul" – 53 mln (35+18)


Muhammad – musulmon dunyosining asosiy sport figurasidir. U Liverpulni shahar sifatida birlashtiradi – futbol kelganidan so'ng nafrat sabab yuzaga kelgan jinoyatlar soni keskin tarzda 16 foizga kamaydi. Ijtimoiy tarmoqdagi irqchilikka asoslangan haqoratlar ham kamayib bormoqda. Salax bunday imidj bilan boy brendlardan ko'plab takliflar oladi.


Muhammad ushbu mavsumni jamoasi kabi juda qiyin boshlamoqda, ammo adidas kollekciyalaridagi eng katta yulduzlardan biri bo'lib qolmoqda.



6. Erling Xoland, "Man Siti" – 39 mln (35+4)


"Man Siti"ga transferdan so'ng Erling ilk bor bunday ro'yxatda paydo bo'ldi. Norvegiyalikning maoshi borasida savollar bo'lmasa, 4 million evrolik futbol tashqarisidagi daromadlar biroz hayron qoldiradi. Ammo, xavotirlanish kerak emas – raqamlar tez orada keskin tarzda ko'tariladi.


Erling Hyperice, Viaplay va Samsung bilan hamkorlik qiladi – ammo, mana yarim yildirki unda hech qanday butsa ishlab chiqaruvchisi bilan shartnoma yo'q. Xoland shoshilmayapti va moliyaviy jihatdan yaxshi taklifni kutmoqda. Norvegiyalik hozircha adidas'ga yaqin – va bu Nike bilan qolgan Mbappe bilan kurashni kuchaytiradi.



7. Robert Levandovski, "Barselona" – 35 mln (27+8)


Levandovski "Barsa"ga o'tishda maoshini yo'qotmadi, maydon tashqarisidagi daromadlar ham barqaror – polyak tonnalab mahsulot ishlab chiqaradigan RL9 shaxsiy brendini yaratdi. Eng etiborni tortadigani – kiyim.


SHuningdek Nike va Head & Shoulders bilan shartnomalar bor – bu faqatgina hamkorlar ichidagi eng mashhurlari. Robert yarim yil oldin Huawei bilan shartnomani bekor qildi, bunga kompaniyaning Rossiyadagi loyihalari sabab bo'ldi.



8. Eden Azar, "Real" – 31 mln (27+4)


Edenning "Real"dagi asosiy yutug'i – ulkan shartnoma. Insayder Ramon Alvaresning yozishicha, "Madrid" allaqachon belgiyalik bilan xayrlashgan bo'lardi. Muammo shundaki, Eden uchun davogarlar yo'q – uning o'zi jamoadan ketishni xohlamayapti va Anchelottidan imkoniyatni kutishda davom etmoqda.


"Real" qishda yana xaridorlar izlaydi.



9. Andres Inesta, "Vissel Kobe" – 30 mln (25+5)


Inesta klubda ko'p pul oladi, ammo boshqa daromadlar haqida ham qayg'uradi. Andres sentyabrda o'zining sport kiyimlari brendini ishga tushirdi – Capitten. Ispan cheklangan seriyadagi butsalar bilan boshladi va Yaponiya bozoriga etibor qaratilgan.


Inesta shuningdek Qatardagi JCH haqidagi hujjatli filmga suratga tushdi.



10. Kevin de Bryuyne, "Man Siti" – 29 mln (25+4)


Kevinning shaxsiy daromadlari ancha kamtar, u turli xil 11ta brend bilan shartnomalardan tashkil topadi. Ularning orasida Nike, oqsilli kokteyllar Wow Hydrate va trenajyorlar kopaniyasi Therabody'ni ajratib ko'rsatish mumkin.


De Bryuyneda shuningdek Credit Karma moliyaviy kompaniyasi bilan kelishuv bor.




Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика