Mbappe: "Bolaligimda JCHda o'ynasam, mo'jiza yarataman deb o'ylardim"
19 may 2018 14:13
Yangiliklar


Mbappe: "Bolaligimda JCHda o'ynasam, mo'jiza yarataman deb o'ylardim"
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe JCH-2018 uchun Franciya terma jamoasi tarkibidan joy olgani haqida fikr bildirdi.
"Doimo jahon chempionatida o'ynashni orzu qilganman. Har bir bolakay kabi mundial o'yinlarini ko'rib, o'zimga shunday deganman: "Agar biror futbolchining o'rnida bo'lib qolsam, mo'jiza yarataman". Endi orzularim haqiqatga aylandi va jamoamga mundialda yordam berish uchun ko'p ishlayman.
Maqsadim - JCHda uzoqroqqa borish. Jahon Kubogi - birgina Kilian emas, balki butun jamoa, mamlakat qo'lga kiritadigan sovrin" - deydi Mbappe.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar