Mbappe: "Bolaligimda JCHda o'ynasam, mo'jiza yarataman deb o'ylardim"

Aslanov Jasurbek
19 may 2018, 14:13
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe JCH-2018 uchun Fransiya terma jamoasi tarkibidan joy olgani haqida fikr bildirdi.

"Doimo jahon chempionatida o'ynashni orzu qilganman. Har bir bolakay kabi mundial o'yinlarini ko'rib, o'zimga shunday deganman: "Agar biror futbolchining o'rnida bo'lib qolsam, mo'jiza yarataman". Endi orzularim haqiqatga aylandi va jamoamga mundialda yordam berish uchun ko'p ishlayman.

Maqsadim - JCHda uzoqroqqa borish. Jahon Kubogi - birgina Kilian emas, balki butun jamoa, mamlakat qo'lga kiritadigan sovrin" - deydi Mbappe.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com