Mbappe Benzemaning rekordini yangiladi

26 mar 2019, 08:16
Kilian Mbappe kecha Fransiya terma jamoasi safida Islandiyaga qarshi bahsda maydonga tushdi.

Bu futbolchi uchun milliy terma jamoa safidagi 30-o'yini bo'ldi. Shu tariqa Mbappe bu natijaga 20 yosh, 3 oyligida erishdi. Avvalgi rekord esa Karim Benzemaga tegishli edi. Karim terma jamoa safidagi 30 ta o'yinni 22 yosh, 9 oylik bo'lgan vaqtda o'tkazishga ulgurgandi.

Mbappe Fransiya terma jamoasida 2017 yil 18 yosh, 95 kunligida debyut qilgandi. Bu esa terma jamoa tarixidagi ikkinchi ko'rsatkich hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta