Mbappe 2021 yilning yozida APL klubiga o'tishni xohlamoqda
22 okt 2020 12:47
Yangiliklar


Mbappe 2021 yilning yozida APL klubiga o'tishni xohlamoqda
Franciya terma jamoasi va PSJ hujumchisi Kilian Mbappe faoliyatini APLda davom ettirishga qiziqmoqda.
21 yoshli futbolchiga "Liverpul" bosh murabbiyi Yugen Kloppning o'yin uslubi yoqmoqda, shu sabab francuz faoliyatini kelasi yozdan "Enfild"da davom ettirmoqchi.
Xabarlarga ko'ra, Mbappening xizmatlariga shuningdek Madridning "Real" klubi ham qiziqishni davom ettirmoqda.
Mbappening PSJ bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan. Oldinroq xabar berilganidek, Parij klubi franciyalik futbolchiga yangi 5 yillik shartnoma tayyorlashi xabar qilingan edi.
Mbappe joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar