So’nggi yangiliklar

12:13"Нефтчи" футболчисини четлатиш, "Сурхон" дарвозасига эса пенальти белгилаш керак эди – 16-турдаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 11:45ЦСКА Файзуллаев учун тўлиқ тўловни кутмоқда  0 11:14Россия ЖЧ иштирокчиси Иордания терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашуви ўтказади  6 10:40Саудия жамаолари МЮ тарбияланчисига 80 миллион евро тўлашга тайёр  2 10:03"Интер" тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзолашга яқин  0 09:30Луис Диаснинг "Бавария"га ўтганидан сўнг ойлиги 4 бараварга ошди  5 08:57"Манчестер Сити" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  1 08:35Европанинг машҳур клуби Неймар билан шартнома имзоламоқчи  2 08:03Аутсайдерлар баҳсида "Сантос" ғалаба қозонди. Неймардан дубль  1 07:34Суперлига. Бугун Тошкентда ажойиб учрашув бўлиб ўтади  12 00:46Кушанашвили Валерий Карпиннинг ўзини тутиши ҳақида: "Бу мачо ўйини, у доимо журналистларга қўполлик қилади, ўзини ҳаммадан зукко деб ҳисоблайди"  0 00:20"Реал" Родригoни 80 миллион евродан камига сотмайди  3 23:32Эрон нашрлари Машарипов жароҳати жиддий деб ёзишмоқда. Футболчи бу саволга ўзи жавоб берди  15 23:24"Милан" ва "Ал Ҳилол" қизиқаётган Нуньес мавсумолди ўйинларида 5 та гол урди, у ўтган мавсум АПЛда шундай натижа қайд этган эди  0 23:04Ўртоқлик ўйини. "Ливерпуль" Ла Лига жамоасини таслим қилди, мухлислар 20-дақиқада Жота хотирасига бир дақиқа қарсак чалишди  0

Maysal Topvoldiev: “Bolalarimiz sifatli maydonlarda to'p tepayotganligi bizni xursand qilmoqda" Yangiliklar

Maysal Topvoldiev: “Bolalarimiz sifatli maydonlarda to'p tepayotganligi bizni xursand qilmoqda"

Qo'qon shahrida bolalar o'rtasida bo'lib o'tayotgan “Qo'qon shahar xokimi kubogi” musobaqasida ishtirok etayotgan , O'sh shahar BO'SM murabbiyi Maysal Topvoldievdan musobaqa haqida taassurotlarini so'radik.

"Qo'qonda juda yaxshi turnir tashkillangan. Biz bu erda ekanligimizdan mamnunmiz. Barcha jamoalar yaxshi , kuchli jamoalar yig'ilgan. Biz Qirg'izistondan 4 ta jamoa kelganmiz. Xudo xoxlasa bolalarga omad tilayman. Kuchlilar chempion bo'lsin",- deydi Maysal Topvoldiev.

- Bu erda yaratilgan sharoitlar sizni qoniqtirmoqdami ?

- Albatta , barchasi alo darajada. Maydonlar juda sifatli, barcha kerakli anjomlar , to'plar etarli. Hech qaysi jabhada muammo yo'q. Faqat futbol o'ynash kerak va yutish kerak. Ayniqsa tabiiy maydonlarda o'ynayotganimiz  bizni xursand qiladi. Aksariyat bolalar o'rtasidagi musobaqalarda futbol maydonlari bilan bog'liq muammolar kuzatiladi. Bu erda esa biz superliga jamolari darjasidagi stadionlarda futbol o'ynayapmiz. Bunday maydonda bolalarimiz jarohat olishi kamayadi, futbol o'yininig sifati ortadi.

- Hozirgina “Ahmadxon” sport klubi futbolchilari ustidan jamoangiz  yirik hisobda g'alaba qozondi. Bu uchrashuv haqida nima deysiz ?

-Biz kecha Buxorolik futbolchilarga yutqazib qo'ygan edik. Kechagidan ko'ra bugun bolalarimiz ancha maydon va sharoitlarga moslashib olishdi. Ular bugun maydonda ancha erkin harakat qilishdi.  Bu yoshda hisobda oldinda borgan jamoaning o'yini yanada yaxshilanib boradi. Aksincha bo'lsa bolalarni ruhan o'zlariga keltirish qiyin. O'ylamaynki bolalarimiz bundan keyingi o'yinlarda ham yaxshi o'yin ko'rsatishadi.

- Hozirgi kunda Qirg'izistonda bolalar futboliga bo'lgan etibor qay darajada?

- So'nggi yillarda yurtimizda bolalar futboli ancha rivojlanmoqda. Bolalar futbolining moddiy-texnika bazasi yaxshilandi. Har bir futbol maktablari sport inventarlari  bilan davlat  tomonidan taminlangan. Turli musobaqalar bolalar o'rtasida tashkillanmoqda.  O'zbekistonda ham bolalar futboli yaxshi rivojlanmoqda deb hisoblayman. 

-  O'zbekistonda bo'ladigan musobaqalarga birinchi kelishingizmi yoki avval ham kelganmisiz ?

- Yo'q bu birinchi kelishimiz emas. Biz O'zbekistonda tashkil qilinadigan turnirlarga tez-tez kelib turamiz. Toshkent va Buxoroda bo'lib o'tgan musobaqalarda ham ishtirok etganmiz. Musobaqalarni tashkillashtirishda O'zbekistonlik bolalar murabbiylari ancha faol . Buxorolik Akmal aka , Toshkentda Aziz aka bizni musobaqalarga taklif qilib turishadi. Bundan tashqari bizga ancha yaqin bo'lgan Andijon shahriga ham tez-tez kelib futbol o'ynab turamiz.  Fursatdan foydalanib Qo'qondagi turnir tashkilotchilariga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика