So’nggi yangiliklar

23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  0 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  2 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  2 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  2 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  11 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  61 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1

Mayli, xafa bo'lma, bundesliga Yangiliklar

Mayli, xafa bo'lma, bundesliga

Teglar :  RealBavariyaECHL
"Real" jamoasi Evropa chempionlar ligasi yarim finaliga ketma-ket etti marta chiqqan dastlabki klubga aylandi.


Bu safar Zinedin Zidan boshqaruvidagi jamoa "Bavariya"ni chorak finalda qoldirib ketdi.
Madriddagi uchrashuvdan keyin "Real"ni yarim finalga yo'l olganidan ko'ra, ushbu yutuq qanday qo'lga kiritilgani ko'plab bahs-munozalarga sabab bo'lmoqda.

Aslida nima bo'ldi?

Myunxendagi ikki xil taymlardan keyin "Real" uyiga alo kayfiyat va yaxshi natija bilan qaytgandi. "Alyanc Arena"dagi birinchi bo'lim "Bavariya"ning ustunligi ostida, ikkinchi taym esa "Real" hukmronligida o'tgandi. Nohaq belgilangan penaltini Arturo Vidal aniq amalga oshira olganida, balki voqealar rivoji butkul boshqacha kechishi ham mumkin edi. Ammo Vidalning nuqtadan adashgani yaxshilikka bo'ldi. Futbolda har doim ham adolat g'alaba qozonmay qolganiga kecha guvoh bo'ldik. Lekin Myunxendagi birinchi bo'limning oxirgi daqiqalaridagi hakamning xatosi evaziga belgilangan penaltini golga aylanmagani mantiqan to'g'ri bo'lgandi.
"Real" Myunxendan haqli g'alaba bilan qaytgandi. O'sha bahsdan keyin hech kimda ortiqcha savollar tug'ilmadi.

Ammo kechagi bellashuvda haqiqiy millionlar o'yini ishqibozlari chinakam shiddatli futbolni to'liq tomosha qilish imkoniyatidan mahrum bo'lishdi.

"Bernabeu"dagi bahsni har ikkala jamoa juda ehtiyotkorlik va xato qilishdan qo'rqib boshlashdi. Ammo tablodagi hisob "Bavariya"ni ko'proq oldinga o'tishini talab qilardi. "Real" nisbatan xotirjam qarshi hujumda o'z imkoniyatini kutdi va bir qator vaziyatlarga ega bo'ldi. Biroq shu kuni "Real" futbolchilari ham ko'plab vaziyatlarda no'noqroq o'ynashdi. Yani hayajon natijasida madridlik futbolchilarda ham oxirgi nuqtani qo'yishda ko'plab xatoliklar kuzatildi. Maydon markazida esa har ikkala jamoa futbolchilari betartib va uzatmalarda noaniqliklarni ko'paytirib yuborishdi. O'yin o'ta muhim ahamiyat kasb etishi natijasida sodir bo'lgan bu kabi xatoliklar birinchi bo'limning oxirgi daqiqalarigacha davom etdi.
"Real" tarkibida shu kuni Marselo maydondagi barcha futbolchilardan ko'ra ko'proq mehnat qildi va so'zsiz uchrashuvning eng yaxshisi bo'ldi. Birgina shu futbolchi butun o'yinni yuqori notada o'tkazdi.
Robbenning tepgan to'pi darvoza to'ridan joy olayotganda ham Marselo jonbozlik ko'rsatdi. "Real"ning ko'plab hujumini tashkil etishda ham, qanotlarda reydlarni amalga oshirgan ham, himoyalanishda Robbenni ko'plab vaziyatlarda zararsizlantirgan ham Marselo bo'ldi. Qo'shimcha taymdagi "Real"ning ikkinchi golini kiritilishi ham to'liq Marseloning xizmatlari edi.
Ikkinchi taymda "Bavariya" o'yinga yuqori temp qo'shdi. "Real" ham ushbu taklifga labbay dedi va tezrok harakatlana boshladi. "Bavariya"ning dadil o'ynashi va maydon markazida ustunlik yaratishi natijasida raqib darvozasi tomon xavflar oshdi. Ammo ish yakuniy zarbagacha etmay qolaverdi.
Robbenga nisbatan ishlatilgan qo'pollikdan keyin "Bavariya" penaltidan o'yindagi hisobni ochdi. SHundan keyin "Bavariya"da, xususan Vidalda ajoyib imkoniyat vujudga keldi. Robbenning zargarona pasidan so'ng Vidal to'pga to'g'ri oyoq qo'ya olmadi. Aks holda o'sha vaziyat "Bavariya"ni yarim finalga etaklashi ham mumkin edi.
Lekin...
Asosiy daqiqa yakuniga yaqinlashayotgan bir paytda Vidal Asensioga nisbatan "podkat" ishlatdi. SHu vaziyatda hakam Arturoga ikkinchi sariq kartochkasini ko'rsatdi va maydondan chetlatdi. Vaholanki Vidal to'pga o'ynagani shundoq ko'rinib turgandi. Ammo bu safar Myunxendagidan farqli o'laroq, yani nohaq tarzda "Bavariya" uchrashuvni bir kishi kam bo'lib davom ettirishga majbur bo'ldi.
Bu Karlo Anchelotti jamoasini dastlabki o'yinda bo'lgani kabi "cho'ktirib" qo'ymadi. "Bavariya" qo'shimcha bo'limning dastlabkisini tajovuzkor ruhda boshladi. Hujumlar uyushtirildi, "Real"ni o'z jarima maydonchasi atrofida himoyalanishga majbur eta oldi.
Ammo bu ko'pga cho'zilmadi. "Real"ning pozicion hujumlaridan birida Ramosning jarima maydonchasiga oshirgan to'pini Ronaldu qabul qilib oldi va Noyerni yana bir bor dog'da qoldirdi. Farqi shundaki, bu gol o'yin qoidalariga zid ravishda kiritildi. Bu erda Ronaldu yoki uning jamoasiga etiroz yo'q. Ular o'z ishlarini qoyilmaqom tarzda uddalashdi. Lekin laynsmen o'sha vaziyatda qo'pol qilib aytganda, "uxlab" qolgandi. Ko'irish kerak va shart bo'lgan o'yindan tashqari holatni qayd etmagan qanot hakamining qo'pol xatosi "Bavariya"ni chorak finalda to'xtashga majbur etdi.
"Real" - "Bavariya" to'qnashuvining kulminacion nuqtasi aynan o'sha vaziyat bo'ldi. O'sha gol barchasini buzib qo'ydi. Ungacha bo'lgan xatolar, yani nohaq chetlatish, Kazemironi bir necha marta kechirishi (ikkinchi sariq kartochka ko'rsatishni yodidan ko'tardi) o'rinli etirozlarga sabab bo'ldi. Lekin bu mayda detallar ko'zga ko'rinmay ketardi. Biroq "top-toza" offsayddan urilgan golni inobatga olish hammasidan oshib tushdi. Kechagi o'yinda kimdir qizil kartochka olishi kerak bo'lgan bo'lsa, bu unda Kazemiro bo'lishi kerak edi. Robbenga nisbatan kamida ikki marotaba qoidani buzgan va bu to'liq ikkinchi ogohlantirishga tortishi borasida tortishishga hojat ham yo'q.
Agarda o'sha vaziyatda laynsmen adashmaganida "Real" yutolmasdi, "Bavariya" yarim finalga chiqardi, deyish fikridan yiroqman. Nohaqlik bo'lgani, to'qnashuv taqdirini jamoalarning xatosi yoki murabbiylarning adashuvi emas, hakamning qo'pol xatosi hal etdi. Muxlislar qo'shimcha taymlarda futbol bayramidan to'liq bahramand bo'la olishmadi. Alamli tarafi shunda.

Futbolda video-takrorlarni joriy etish kerakmikan, deb qoladi odam.

"Real" zo'r o'ynadi, "Bavariya"ni har tomonlama "ezib" qo'ydi, deyayotganlarni bir eslatma: To'g'ri, "Real" ko'plab jihatlar bo'yicha yorqinroq ko'rindi. Bu borada etiroz yo'q. Ammo "Real"ning har ikkala o'yindagi "uyg'onishi" ham raqibning bir kishi kam bo'lib qolganidan so'ng boshlandi.
Xattoki bu safar bir kishi kam bo'lib qolgan "Bavariya" kamchilikda ham taslim bo'lmadi. Balki hakamlarning xatosi qurboni bo'ldi.
Yarim final masalasini "Real" yoki "Bavariya" hal etganida bu kabi etirozlarga umuman o'rin qolmasdi.

Futbolda tobora hakamlar xatosi yuqori planga chiqib borayotgani va bu narsa ECHLning muhim pallasida eng kuchlilarni aniqlab qo'yayotgani achinarli holat. Demak hozirgi zamonaviy futbolda sodir bo'layotgan vaziyatlarni aniqlashda hakamlar ulgurishmayapti. Bu atay qilingan xato emas albatta. FIFA video-takrorlarni joriy etmasa ham, hakamlarning xatosidan keyin keskin choralar ko'rmasa, bu xatolar kamayadiganga o'xshamayapti. Hakamlar ham odam, ular ham xato qilishadi. Lekin ularning xatolari yirik musobaqalarda eng kuchlilarni aniqlashda o'z tasirini ko'rsatayotgani futbol jozibasini o'ldiradi.

Germaniya bundesligasining ikki etakchisi, dastlab "Borussiya" laynsmenning o'ta qo'pol xatosidan aziyat chekkandi. Kecha "Bavariya" xuddi shunday holatni deb yarim finalga chiqish imkoniyatidan mosuvo bo'ldi.
Toza, jentelmenlarcha futbol o'ynashga o'rgangan liga vakillarini ECHLda hakamlar "bug'ib" qo'ygani achinarli albatta. Mayli, xafa bo'lma, bundesliga.

CHorak finalning boshqa javob uchrashuvlari va yarim finallarda hakamlar o'z ishlari bilan mashg'ul bo'lishlari va katta sahnaga chiqishga oshiqmasliklarini so'rab, ularga omad tilayman. Futbol jozibasini noto'g'ri chalingan xushtak yoki shunchaki asossiz ko'tariladigan yoki ko'tarilmay qoladigan bayroqchalar hal etmasin.

Yarim finalga yo'l olgan "Real" va ularning muxlislari esa bayramni davom ettiraverishsin. Xatoni hakam qildi, "Real" esa o'z ishini.


SHahboz Beg'amov

Reyting: -47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика