Maykl CHyorch: "Agar Keyrush O'zbekistonga borsa, bundan faqat yutasizlar"
05 may 2018 15:55
Yangiliklar


Maykl CHyorch: "Agar Keyrush O'zbekistonga borsa, bundan faqat yutasizlar"
Osiyo futbolini anchadan beri turli saytlarda yoritib keladigan gonkonglik jurnalist Maykl CHyorch quradan keyin O'zbekiston terma jamoasi haqida fikrini bildirdi.
- "O'zbekiston terma jamoasini doim hurmat qilganman. Sizlarda o'yin uslubi yaxshi, asosiy g'irromlik yoki asabbuzarlik yo'q. To'g'ri, bazan omad kelmay turadi. Terma jamoaga yangi bosh murabbiy izlanayotganidan ham xabarim bor. Agar Karlush Keyrush kelsa, bundan faqat yutasizlar. CHunki u juda kuchli mutaxassis."
- "Bilishimcha, hozir Keyrush bilan Eron futbol federaciyasi o'rtasida muammo yuzaga kelgan. Federaciya murabbiyga olti oylik shartnoma taklif qilib Osiyo Kubogida ham olib qolmoqchi. Lekin Keyrush to'rt yillik shartnoma bo'lsa qolaman deyapti. SHu bois vaziyat chigal. Ammo O'zbekistonga Bert van Marveyk kelmasa kerak. CHunki u Saudiya Arabistonida ishlab ko'p pul topdi va jahon chempionatida Avstraliyani boshqarganidan so'ng faoliyatini tugatmoqchi".
X.Xoliqov, Dubaydan maxsus.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar