So’nggi yangiliklar

22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  0 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  2 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  6 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0 20:22Эрон. "Персеполис" сафарда ғалабага эришди ва пешқадам бўлиб олди  0 19:49Каталония дербиси қайноқ ўтади. "Эспаньол" "Барселона"га қарши ўйин олдидан эҳтиёт чораларини кўрмоқда  3 19:30Эрон чемпионати. "Трактор" "Шамс Азар" меҳмони бўлди, Ҳамробеков 56 дақиқа ўйнади  1 19:13Расман: Ўзбекистон МТЖнинг дарвозабонлар бўйича собиқ мураббийи ОКМКда иш бошлади  3 18:56​Расман: "Андижон" грузиялик футболчи трансферини эълон қилди  7 18:36"Барселона" ва АПЛ клублари Камерун терма жамоаси ҳужумчисини кузатмоқда  1 18:07"Хоразм" футболчиси "Сурхон"га ўтмоқда  1

Maydonga shakl qanday beriladi? Yangiliklar

Maydonga shakl qanday beriladi?

Teglar :  Navbahor
Bugun "Navbahor" klubi rasmiy saytida Namangandagi "Markaziy" stadion direktori bilan suhbat chop etildi.

Lekin biz intervyu haqida gapirmoqchi emasmiz, balki intervyu ichida berilgan suratlardan biri etiborimizni tortdi. Yani ushbu suratda asfalt tekislaydigan mashinaning maydonga chiziq tortayotgani tasvirlangan.


Qiziq, asfalt mashinasi qanday qilib maydonga chiziq tortadi? Internetni titkilab YSC 303 markali texnika haqida bazi malumotlarni topdik. Mashina og'irligi 3030 kg. ekan, yani uch tonnadan sal ziyodroq. Albatta, maysa ustiga uch tonna yuk bilan chiqish juda katta gap. Mashina o'z og'irligi bilan yashil maysani bosib chiziq tortdi ham deylik, lekin bu holat o't urug'ini chiritib yubormasmikin...

To'g'ri, biz mutaxassis emasmiz va bu haqda konkret gapira olmaymiz. Lekin baribir asfalt tekislaydigan mashinani futbol maydoniga olib kirish g'alati ko'rinsa kerak. Og'ir vaznli mashina maysa ustida uch-to'rt marta borib kelganidan keyin o'tning holati qanday bo'ladi, hayronmiz.


Quyidagi videoda "Lokomotiv" stadionida maysani qirqish va shakl berish qanday amalga oshirilishini ko'rishingiz mumkin. Xulosa esa o'zingizdan.

TAS-IX



Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика