"Maydonda futbol chimimi yoki ajriqmi? Superliganing yarim jamoasi o'z uyida o'ynamaydi" - Ravshan Ermatov
01 mar 2022 21:34
Yangiliklar
"Maydonda futbol chimimi yoki ajriqmi? Superliganing yarim jamoasi o'z uyida o'ynamaydi" - Ravshan Ermatov
O'zbekiston futbol associaciyasi bahor oyining ilk kunida boshlanajak mavsum oldidan OAV uchun ochiq matbuot anjumanini tashkil qildi.
O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov savollarga o'tishdan avval maydonlar haqida fikrini bildirib o'tdi.
"Futbol maydonlari sifatini yaxshilamagunimizcha sifatli futbolni tashkil qila olmaymiz. Respublikamizning 10 ga yaqin maydonida kapital tamirlash ishlari ketyapti. Superliganing deyarli yarim jamoalarida o'z maydonlarida o'ynash imkoni bo'lmaydi. Nima uchun? CHunki sifat talabga javob bermaydi. Maydondagi chim futbol chimimi yoki yo'qmi? Biz ajriqda o'ynab o'rganganmiz. Ammo unda to'p yurmaydi, harakat qilmaydi", – dedi Ravshan Ermatov.
Tez orada matbuot anjumanining to'liq qismi etiboringizga havola etiladi.
Oldinroq tadbirdan video hamda fotogalereyani taqdim etgan edik.
Fikrlar