So’nggi yangiliklar

07:46Февзи Давлетов: "Ҳисоб 3:0 бўлганида натижа учун ўйнашимиз тўғри бўларди"  0 07:20Суперлига. Бугун Қарши ва Тошкентда ўйинлар бор  6 06:00Серия А. "Рома" - "Ювентус" 1:1   0 05:55Серия А. "Милан" - "Женоа" 3:3   0 05:50Серия А. "Кальяри" - "Лечче" 1:1   0 05:45Бундеслига. "Айнтрахт" - "Байер" 1:5   0 05:40АПЛ. "Челси" - "Вест Хэм" 5:0   0 05:35АПЛ. "Ливерпуль" - "Тоттенхэм" 4:2   0 01:39А Серия. "Рома" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  0 00:56"Реал" афсонаси билан шартномасини бир йилга узайтиради  4 00:322016 йилги Golden Boy соҳиби ва Европа чемпиони ПСЖга қайтади  0 00:13Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" меҳмонда "Галатасарой"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Турғунбоев эса...  0 22:47Александр Стоймирович: "Таркибимизда йўқотишлар бор"  0 22:45Самвел Бабаян: "Исталган жамоа Наманганга келганида ҳимоявий услубда ўйнайди"  18 22:25АПЛ. "Ливерпуль" ва "Тоттенхэм" ўртасидаги ўйинда 6та гол урилди!  14

Maxstalievdan Krimecgacha yoxud mavsum omadsizlari TOP-10 Yangiliklar

Maxstalievdan Krimecgacha yoxud mavsum omadsizlari TOP-10

Mamlakatimizda xademay bu yilgi Coca Cola Superliga o'yinlari yakuniga etadi.

Bu yil odatdagidek mavsum qaysidir futbolchiga omadli kelgan bo'lsa, yana ayrimlariga aksincha bo'ldi. Jaroxati sabab yoki boshqa muammolarga ko'ra, ko'p vaqtini maydon tashqarisida o'tkazib yuborayotgan o'yinchilarning TOP-10talik ro'yxatini tuzib chiqdik. Quyida shular haqida to'xtalib o'tamiz.

Asilbek Amonov
Superligada shu kungacha “Buxoro”, “Navbahor” va “Surxon” kabi jamoalarda o'ynab muxlislar etiborini o'ziga tortgan ushbu darvozabon uchun bu yilgi mavsum juda ham omadsiz o'tmoqda. O'z vaqtida 1993 yilda tug'ilgan yigitlardan iborat O'zbekiston terma jamoa safida mazmunli o'yinlari bilan Superliga klublarining etiboriga tushgan Asilbek Amonovning keyinchalik milliy terma jamoada ham o'ynab ketishini ko'pchilik tahmin qilgandi. Biroq voqealar rivoji unday bo'lib chiqmadi. Aksiga olib Amonovning so'nggi yillardagi faoliyatida keskin pasayish yuza bera boshladi. 28 yoshli golkiper bu yil xatto birinchi davrada Superliganing biror klubida ko'rinish bergani yo'q. SHu bois u sport formasini yo'qotmaslik maqsadida birinchi liganing sobiq ishtirokchisiga aylangan “Rubin” jamoasida qisqa vaqt o'ynadi. Keyinchalik davralar oralig'ida “Andijon” bilan shartnoma imzoladi. SHunga qaramay Viktor Kumikov darvozani hozircha Eldor Adhamovga ishonib topshirib kelmoqda. Amonov esa aksariyat uchrashuvlarda xatto uchrashuv qaydnomasidan ham o'rin olmayotganiga guvoh bo'lmoqdamiz.



Maksimilian Fomin
Fomin ham Amonov bilan tengdosh hisoblanadi. “Paxtakor” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. Himoya chizig'ida jangchi sifatida gavdalanadi. Uni muxlislar asosan “Buxoro”dagi faoliyati orqali yaxshi taniydi. SHuningdek 1993 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat olimpiya terma jamoasidagi o'yinlari bilan ham Maksimilian ishqibozlarga yaxshi tanish bo'lib ulgurgan. Ushbu futbolchining ham ishlari risoladagidek kechmayapti. O'tgan mavsumning ikkinchi qismini “Buxoro”da o'tkazgan Fomin mavsum so'nggida jamoani tark etgach, Superligada boshqa ko'rinish bergani yo'q. Balki Maks butsalarini mixga ilishga qaror qilgandir.

Abbos Maxstaliev
2011 yilgi Meksikada o'tkazilgan o'smirlar o'rtasidagi jaxon chempionati haqida gap borganida darhol ko'pchilikning ko'z o'ngida Abbos Maxstaliev va Temur Hakimov gavdalanadi. Mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro'-etibori va nufuzini oshirishga qo'shgan salmoqli hissasi, professional mahorati va yorqin istedodi bilan sport sohasida yuqori natijalarga erishgani uchun "Paxtakor" futbol klubi tarbiyalanuvchisi Abbos Maxstaliev, 2013 yili O'zbekiston prezidenti Islom Abdug'anievich Karimov tomonidan “O'zbekiston iftixori” unvoni bilan taqdirlangandi. Bir vaqtlar kelajagi porloq o'yinchi sifatida qaralgan Abbos Maxstaliev katta futbolda o'zini kutilgan darajada ko'rsata olmadi. Superligada “Andijon”, “Neftchi”, “Navbahor” va “Suron” kabi jamoalarda o'ynab, muxlislar etiborini o'ziga tortgan bo'lsada unga ko'pincha barqarorlik etishmadi. Natijada deyarli har mavsum jamoasini o'zgartirib bordi. Bu esa uning xar tomonlama pasayishiga xizmat qildi. Maxstaliev PRO-Liga va keyinchalik birinchi liga klubida ham o'ynashga majbur bo'ldi. Etiborga molik tomoni, Abbos bu yil dastlab “Istiqlol”da keyinchalik Toshkentning “Rubin” jamoasida o'ynadi. Har ikkala klub ham kutilmaganda faoliyatini barvaqt yakunladi. Buning oqibatida Abbos ham butsalarini mixga ilib, shartta murabbiylikka o'tib ketdi. Aytishlaricha Maxstaliev hozirda “Sirdaryo akademiyasi”da yoshlarga murabbiylik qilmoqda.



Javlon Ibrohimov
Ayni o'ynaydigan yoshda bo'la turib, hozirda hech bir jamoada ko'rinish bermayotgan Javlon Ibrohimovni bundan bir necha yillar oldin chempionatimizning grand klublari o'z safiga qo'shib olishni istardi. SHu kungacha “Traktor”, “Nasaf”, “Lokomotiv” va “Bunyodkor” klublari safida o'ynab, doimo maydon markazida etakchilik qilgan futbolchi Janubiy Koreyada malum muddat o'ynab qaytgach, avvalgidek o'zini ko'rsata olmadi. Natijada o'tgan mavsum “Navbahor” tarkibida ko'p ham o'yin amaliyotiga ega bo'lmadi. Joriy yil Ibrohimovni Superliganing hech bir jamoasida ko'rayotganimiz yo'q.



Doniyor Usmonov
Ushbu futbolchining ham kelajagi porloq sifatida qaralgandi. Ayniqsa Doniyorni qo'qonlik muxlislar juda yaxshi yoqtirib qolgandi. 2014 yili “Qo'qon-1912” safida birinchi ligada to'purar bo'lishlik bilan birga jamoasini oliy ligaga chiqishida katta xissa qo'shgan Usmonov keyingi mavsumda ham qo'qonliklar tarkibida o'zini ko'rsatishga erishgandi. Xuquqiy jixatdan “Lokomotiv”ga tegishli futbolchi ekanligi bois, qolaversa Toshkent klubida o'ynash orqali sovrinlarni yutishni istgan futbolchi o'z oldiga “termiyo'lchilar” tarkibiga qaytishni asosiy maqsad qilib belgilab olgandi. Biroq “Loko”da Usmonov ko'p ham o'yin amaliyotiga ega bo'lmadi. Sababi o'sha vaqtlarda raqobat kuchli edi. SHuning uchun Doniyor keyinchalik “Qizilqum”, “Metallurg” va “Mashal” singari jamoalarda o'ynadi. Joriy mavsum esa uni hech bir jamoada ko'rganimiz yo'q.

Rahimjon Davronov
“Mashal” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Rahimjon Davronov endigina Superliga o'yinlarida ishonchli xarakatlari bilan muxlislar nazariga tusha boshlagandi. Dastlab “Buxoro” va keyinchalik yana “Mashal” tarkibida jamoasining asosiy golkiperiga aylangan Davronov joriy mavsum avvalida “Navbahor”ga ko'chib o'tgandi. Ammo “lochinlar” safida unga oson bo'layotgani yo'q. Sababi O'tkir Yusupov mana bir necha yillardan buyon jamoasining deyarli barcha o'yinida darvozani ishonchli tarzda qo'riqlab kelmoqda. SHu bois murabbiylarning darvozabonlar bo'yicha ekspriment qilishiga xojat qolmayapti. Garchi Davronov ham iqtidorli darvozabon hisoblansada, raqobat borasida Yusupovdan o'tib keta olmayapti. O'tkir ham o'z ismiga monand issiq joyini hozircha osonlikcha berib qo'yish niyati yo'qligini o'zining ishonchli o'yinlari orqali isbotlab kelmoqda. Rahimjon o'z intervyularida raqobatdan qo'rqqanida “Navbahor”ga o'tmagan bo'lishligini va bu jamoaga o'tganidan afsusda emasligini aytgan bo'lsada, istaysizmi yo'qmi baribir futbolchi o'yin amaliyotiga ega bo'lmasa, ruhiy tomondan sinib qolishi aniq. Boz ustiga Davronov chempionat o'yinlarida umuman maydonga tushmasdan kelmoqda. Katta extimol bilan kelasi mavsumda 25 yoshli darvozabon jamoasini o'zgartirishi mumkin.



Xushnud Avilov
Oxirgi uch mavsumni “Andijon”da o'tkazib, jamoasining chin manoda etakchisiga aylanib ulgurgan Xushnud Avilov ham huddi Davronov singari hozirda “Navbahor”ga o'tganidan afsus chekayotgan bo'lsa ajab emas. CHunki iqtidorli himoyachi bu jamoaga No'mon Hasanovning taklifiga binoan ko'chib o'tishga qaror qilgandi. Ammo keyinchalik Viktor Jalilov boshqaruvni o'z qo'liga olgach, Xushnudga u qadar ham ishonch bildirayotgani yo'q. Malum muddat davolanish bilan ko'p vaqtini maydon tashqarisida o'tkazib yuborgan Xushnud hozircha asosan zaxirada o'z vaqti kelishini kutib o'tiribdi. Ushbu futbolchi ham katta extimol bilan kelasi mavsum faoliyatini boshqa jamoada davom ettirsa ajab emas.



Sardor Sulaymonov
Futbolimizda shunday hujumchilar borki, kishki yig'inlar chog'ida sinov-nazorat uchrashuvlarida ko'plab gollarga mualliflik qiladi. Ammo rasmiy o'yinlar boshlangach, ularni topa olmaysiz. SHuning uchun unday toifadagi hujumchilarga hazil tariqasida hamma golingni qishda urib qo'ymasdan, chempionatga ham olib qo'ygin deyishadi. Sardor Sulaymonovni ham qaysi jamoa bo'lmasin, qishda katta umidlar bilan o'z safiga chorlab, shartnoma imzolaydi. Ammo chempionat boshlangach, futbolchi yo jaroxatga yo'liqadi yoki raqobat tufayli zaxirada o'tirib qoladi. Sulaymonovning bu yilgi ko'rsatkichlari ham yaxshi emas. U “Surxon”da atiga ikkita o'yinda zaxiradan maydonga tushgan xolos. Ko'ramiz, shu kungacha “Buxoro”, “Andijon”, “Navbahor” kabi klublarda o'ynashga ulgurgan 27 yoshli futbolchi kelasi mavsum qaysi jamoada ko'rinish berarkin.

Vladimir Kozak
“Paxtakor” tarkibida oliy ligada ancha barvaqt debyut qilishga muvaffaq bo'lgan Kozak uchun ham bu yilgi mavsum omadsiz kechmoqda deyish mumkin. Avvaliga uni AGMK tarkibida uchratdik. Ammo Mirjalol Qosimov jamoasida u ko'p ham o'ynamadi. Yozda yana qadrdon jamoasi “Paxtakor”ga qaytgan Vladimir “sherlar” tarkibida ham muntazam ravishda o'ynamayapti. Bunday bo'lishiga jaroxatlar ham sabab bo'lmoqda. Maydonda nafaqat chap qanot yarim himoyachisi sifatida balki markaziy yarim himoyada ham bemalol o'ynay olishi mumkinligini namoyish eta olgan 28 yoshli futbolchi kelasi mavsum hammasini yana boshidan boshlasa kerak.



Egor Krimec
“Paxtakor”ning xaqiqiy etakchisiga aylanib ulgurgan Krimec uchun ham 2021 yilgi mavsum juda ham omadsiz o'tmoqda deyish mumkin. Jiddiy jarohatga yo'liqib, keyinchalik operaciya stoliga yotishga majbur bo'lgan Egor ko'p vaqtini davolanishga sarf etib yubormoqda. Jamoa sardorining safdan chiqishi, “sherlar” uchun ayrim o'yinlarda qimmatga tushmoqda. Maydonda xaqiqiy jangchiga aylanishni odat qilib olgan 29 yoshli futbolchiga nafaqat “Paxtakor”ning etakchisi, balki O'zbekiston milliy terma jamoasining ham asosiy himoyachilaridan biri sifatida qaraladi. Krimecni yashil maydonda katta ehtimol bilan kelasi mavsumdan ko'ramiz.

Islombek Rustambekov.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика