Maxstaliev bilan Hakimov Italiyaga boradi

Narzulla Saydullayev
25 yanv 2014, 21:31
Fevral oyida "Koppa Karnavale" turniri bo'lib o'tadi.
Mazkur xalqaro musobaqada ishtirok etadigan "Paxtakor" yoshlar jamoasi turnirga ayni paytda jiddiy suratda tayyorgarlik ko'rmoqda. Ilhom Mo'minjonov boshqaruvidagi jamoaning ro'yxatiga 1994 yilda tug'ilgan to'rt nafar futbolchi kiritilgan. E'tiborlisi ularning orasida Abbos Maxstaliev bilan Temur Hakimov ham bor. O'z vaqtida o'smirlar terma jamoasi tarkibida birga ajoyib tandem tashkil etgan ushbu futbolchilar endilikda Italiyada kechadigan turnirda "Paxtakor" sharafini himoya qiladi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia