Maxrez: "Bazida 90 foiz to'pga egalik qilish ham g'alaba uchun etarli bo'lmay qoladi"
03 mar 2021 09:38
Yangiliklar


Maxrez: "Bazida 90 foiz to'pga egalik qilish ham g'alaba uchun etarli bo'lmay qoladi"
"Manchester Siti" hujumchisi Riyod Mahrez APL 29-turi doirasidagi "Vulverxempton"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Og'ir o'yin bo'ldi. Biz yaxshi boshladik va vaziyatlar yaratdik. Biz o'yin taqdirini birinchi taymda hal qilishimiz mumkin edi - ikkinchi taym biroz qiyinroq bo'ldi, ammo biz vaziyatlar yaratdik, davom ettik va bosim qildik.
Bazida 90 foiz to'pga egalik qilish ham g'alaba uchun etarli bo'lmay qoladi. So'nggi 10 daqiqa bizning ijroimizda juda yaxshi o'tdi.
O'yindan o'yinga harakat qilish kerak. Keyingi o'yin "Manchester Yunayted" bilan va biz o'sha bahsga etiborimizni qaratishimiz lozim", - deydi Maxrez.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar