So’nggi yangiliklar

12:39"Реал" Браим Диаснинг келажаги борасида бир қарорга келди  0 12:13Суперлига 13-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  0 11:54Ўзбекистон Кубоги 1/8 финалида ишлайдиган расмийлар маълум  1 11:33"Атлетико" футболчиси КЖЧ ташкилотчилигидан норози  5 11:05Ямаль ва францияликлар: Европанинг 2025 йилдаги энг креатив футболчилари  3 10:42Неймарнинг келажаги маълум  1 10:10“Ал Ҳилол“ Осимхенга сўнгги даҳшатли таклифни юборди  1 09:43“Арсенал“ Виктор Гёкерешни сотиб ололмаган тақдирда кимни харид қилиши маълум  1 09:16Кайл Уокер АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин  0 08:50Фатининг кейинги жамоаси деярли аниқ  1 08:23Хаби Алонсо “Реал“ футболчиларига ультиматум қўйди  15 07:47CAFA U20 Championship 2025. U-18 терма жамоамиз ҳеч бир учрашувда ғалаба қозонмай мусобақани якунлади  17 07:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Учта қизил кўрсатилган баҳсда “Бенфика“ кичик камбек амалга оширди  2 02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  3 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0

Maxaradze va Rahmonov diskvalifikaciya qilindi Yangiliklar

Maxaradze va Rahmonov diskvalifikaciya qilindi

O'zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda so'nggi turlar doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko'rib chiqildi.

“LOKOMOTIV” — “SO'G'DIYONA”

Coca-Cola Superligasining 12-turidan o'rin olgan “Lokomotiv”— “So'g'diyona” uchrashuvida mezbonlar futbolchisi Kaxi Maxaradze tajovuzkor xatti-harakat ko'rsatib, to'psiz vaziyatda raqibning son qismi orqa tomoniga tizzasi bilan zarba bergan. Bosh hakam ushbu vaziyatda uni qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Kaxi Maxaradzega nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

“OLIMPIK” — AGMK

Tartib-intizom qo'mitasi Superliganing 12-turidan o'rin olgan “Olimpik”— AGMK uchrashuvidagi vaziyatni ham ko'rib chiqdi. Xususan, mazkur uchrashuvda mehmonlar vakili Sardor Rahmonov tomonidan “Olimpik” futbolchisi Saidazamat Mirsaidovga nisbatan tajovuzkor xatti-harakat sodir etilgan. Natijada vaziyatga Milliy gvardiya xodimlari aralashgan va Sardor Rahmonov xatti-harakati ommaviy janjal kelib chiqishiga sabab bo'lgani uchun unga nisbatan tegishli chora ko'rish so'ralgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Sardor Raxmonovga nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

“BUNYODKOR-FARM” — “ANDIJON II”

Birinchi liga musobaqasining 9-turi doirasidagi “Bunyodkor farm”— “Andijon II” uchrashuvida mehmonlar futbolchisi Muhammadali Tursunov raqib o'yinchisiga nisbatan oyog'ining tag qismi bilan bosh qismiga jiddiy jarohat etkazishga uringan. Bosh hakam ushbu vaziyatda uni qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Muhammadali Tursunov 4 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

“SHAXRIXONCHI” — “ANDIJON II”

Birinchi liga musobaqasining 11-turi doirasidagi “SHaxrixonchi”— “Andijon II” uchrashuvining 74-daqiqasida mezbonlar murabbiyi Tursunboy Xusanov raqib jamoaning futbolchisi yon chiziqdan to'pni o'yinga kiritayotgan paytda provokacion harakati bilan xalaqit berishga harakat qilgan. SHundan keyin bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirilgan. Bu vaziyatdan so'ng murabbiy raqib jamoaning futbolchisini qo'li bilan bo'yin qismiga turtib yuborganligi uchun qizil kartochka jazolangan. Maydonni tark etish o'rniga yordamchi hakam va bosh hakam tomonga etiroz bildirib, tomoshabinlarning maydonga turli buyumlar uloqtirilishiga sabab bo'lgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Tursunboy Xusanovga nisbatan 5 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

“NASAF FARM” — “DO'STLIK TOSHKENT”

Birinchi liga musobaqasining 13-turi doirasidagi “Nasaf farm”— “Do'stlik Toshkent” uchrashuvi yakunlangandan so'ng mehmonlar futbolchisi Alisher Nazipov bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan. SHuningdek, “Nasaf farm” jamoasi murabbiyi Kenja To'raev raqib futbolchilari g'alabani nishonlagan paytda maydon ichiga kirib ular tomon haqoratli so'zlar ishlatgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Alisher Nazipovga (“Do'stlik Toshkent”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi, Kenja To'raevga (“Nasaf farm”) nisbatan esa 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

“PAXTAKOR U-19” — “BUXORO U-19”

U-19 musobaqasining 9-turi doirasidagi “Paxtakor U-19”— “Buxoro U-19” uchrashuvida mehmonlar futbolchisi CHingizxon Toirov raqib o'yinchisiga nisbatan oyog'ining tag qismi bilan sakragani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, CHingizxon Toirovga nisbatan 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilish chorasi qo'llanildi.

"BUNYODKOR U-19” — “YANGIER QURUVCHI U-19”

U-19 musobaqasining 9-turi doirasidagi “Bunyodkor U-19”— “Yangier quruvchi U-19” uchrashuvida mehmonlar murabbiyi Muhammadali Fayzullaev bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka jazolangan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Muhammadali Fayzullaevga nisbatan 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.

“SO'G'DIYONA-W” — “NEFTCHI-W”

Ayollar Oliy ligasi 11-turi doirasidagi “So'g'diyona W”— “Neftchi W” uchrashuvida mehmonlar futbolchisi Baxtishoda To'xtaeva to'psiz vaziyatda raqib o'yinchisini tepib yuborganligi uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Baxtishoda To'xtaevaga nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика