Mavsumning o'rtasida "Barselona" o'z futbolchisi bilan shartnomani bekor qilmoqda
04 mar 2019 17:12
Yangiliklar
Mavsumning o'rtasida "Barselona" o'z futbolchisi bilan shartnomani bekor qilmoqda
"Barselona" yarim himoyachisi Serxi Samper mavsum o'rtasida klubni tark etadi.
Kataloniya klubi rasmiy sayti bergan malumotlarga ko'ra, futbolchi va ko'k-anorranglilar bitimni bekor qilish haqida kelishib olishdi. 5 mart, seshanba kuni Samper ishtirokida rasmiy matbuot anjumani bo'lib o'tadi.
Football Espana nashri bergan malumotlarga ko'ra, Samper Yaponiyaning "Vissel Kobe" klubi bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi. Ayni damda "Vissel Kobe"da Andres Inesta, David Vilya va Lukas Podolski kabi jahon futboli yulduzlari to'p tepmoqda.
Fikrlar