So’nggi yangiliklar

12:35"Челси" икки дарвозабонни кўриб чиқмоқда  0 12:04Тен Хаг топ клубга бош мураббий бўлмоқда  2 11:23"Реал" ПСЖ юлдузини харид қилмоқчи  4 11:00Каору Митоманинг янги жамоаси деярли аниқ  1 10:34Кевин Де Брюйне “Наполи“да қанча маош олиши маълум  2 10:08“Майдонда максимал даражада кучимизни сарфлаймиз, бизда ишонч бор” - Дониёр Абдуманнопов “Сурхон”га қарши ўйин, чиройли гол ва Суперкубок ҳақида  2 09:40Васкес фаолиятини Осиёда давом эттириши мумкин  4 09:11Ҳусановнинг собиқ мураббийи Англия жамоасини бошқаради  3 08:43Мбаппе “Олтин бутса“ учун курашда биринчи ўринга чиқиб олди  23 08:17Sofascore. Захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этган Файзуллаев неча баҳо олди?  3 08:00Суперлига. "Нефтчи" "Шўртан"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. "Сўғдиёна" эса ўз майдонида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  2 07:54Суперлига. Бугун 3-та учрашув бор  7 07:27АПЛга йўл олган учинчи жамоа номи маълум  7 03:31Франция кубоги. ПСЖ "Реймс"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  7 03:13А Серия. "Милан" сўнгги ўйинда "Монца"ни қийинчиликсиз таслим этди, жамоа кейинги мавсум еврокубокларда иштирок этмайди  1

Mavsumning eng omadli transferlari Yangiliklar

Mavsumning eng omadli transferlari

Bugun siz bilan mavsumning eng omadli transferlari haqida gaplashamiz.

Sarflangan mablag'ni oqlagan yigit: Ederson (Braziliya)
Transfer: "Benfika"dan "Manchester Siti"ga 40 mln evro evaziga

O'tgan yozning eng qimmat darvozaboni Xosep Gvardiola jamoasiga Klaudio Bravoni birnchi raqam qilish rejasi o'xshamagandan so'ng taklif etilgan. CHililik posbon ketma-ket xato qilaverdi, asosan hujum qiluvchi jamoaga esa aksincha, kam sonli, ammo xavfli qarshi hujumlarda "qutqaradigan" darvozabon zarur. Oyoqda ham yaxshi o'ynay olish, kezi kelsa so'nggi himoyachi vazifasini bajara olish yaxshi hislat. Ederson "Manchester Siti" o'yiniga tezda kirishib ketdi. Moraes maydonda xayajonlanib, o'zini yo'qotib qo'ymadi, qo'rqmadi, APLga ko'nikish uchun ham ortiqcha vaqt kerak bo'lmadi. Maydonga tushdi, darvozaga turdi va darrov o'ynab ketdi. Ha, "Siti" posbon uchun kam pul sarflagani yo'q, ammo braziliyalik yuqori darajadagi mavsum o'tkazdi va "shaharliklar"ga chempionlik sovrinini qo'lga kiritishda katta yordam berdi.

Kam pul ishlatib, ko'p gol olamiz: Kristian Stuani (Urugvay)
Transfer: "Midlsbro"dan "Jirona"ga 2.5 mln evro evaziga


Stuani ikki mavsum davomida Angliya maydonlarida unchalik katta foyda keltirmadi va 2017 yil yozda Ispaniyaga qaytishga qaror qildi. Futbolchi bilan tarixda ilk bor Primeroga chiqqan "Jirona" shartnoma imzoladi. Yo'lning avvalida voqealar bunday rivojlanishi va yoshi bir joyga borib qolgan urugvaylik faoliyatidagi eng yaxshi mavsumni o'tkazib, "Jirona"ni 10-pog'onaga etaklashini hech kim kutmagani turgan gap. Kristian La Liganing 33 o'yinida 21 ta gol urdi. CHempionatda undan faqat Yago Aspas (22), Luis Suares (25), Krishtianu Ronaldu (26) va Lionel Messi (34) ko'proq gol urishga muvaffaq bo'lishgan. Va bu futbolchi klubga bor yo'g'i 2.5 million evroga tushgan! Stuanining har bir goli jamoasi uchun – 119 ming evroga tushgan bo'lsa, solishtirish uchun Morataning APLdagi gollari "CHelsi"ga 6 mln, Usman Dembelening goli "Barsa"ga 38 million evroga tushdi.

Italiyada nur sochgan yulduz: Jengiz Under (Turkiya)
Transfer: "Bashakshexir"dan "Roma"ga 13.4 mln evro evaziga
20 yoshli vinger "Roma" safiga kelib qo'shildi va A Seriyada o'zini yo'qotib qo'ymadi. Vaholanki Italiya futboli va u erdagi himoyachilar bilan hamon ko'pchilik hujumchilarni qo'rqitishadi. Futbolchi iqtidori va o'yini darajisiga boqib, ishonch bilan "Roma" arzimagan pul evaziga ishlov berilmagan "olmos"ga ega bo'ldi deya olamiz. Hozirning o'zida "yangi Saloh" bo'lishi mumkin bo'lgan (yani misrlikka o'xshab o'yini ochilishi mumkin bo'lgan)lar bor, lekin rimliklar Underni 50 million evrodan kamiga sotmoqchi emas. Yani bir yilda futbolchi transfer narxi uch barobarga oshgan.

PSJ dan ketib, Germaniyada o'zini ko'rsatgan iqtidor: Jan-Kevin Ogyusten (Franciya)
Transfer: "Pari Sen-Jermen"dan "RB Leypcig"ga 13 mln evro evaziga


Jan-Kevin har qanday vaziyatda ham PSJ da ko'p imkoniyatga ega bo'lmasdi, shuning uchun o'tgan yozda qabul qilingan qaror juda o'rinli edi. "RB Leypcig" ham yosh futbolchiga ishonch bildirib adashmadi va Jan-Kevin Bundesligadagi juda foydali start oldi. Ogyusten endigina 20 yoshda (Jengiz Under kabi). Ajoyib reakciya va tezlikka ega futbolchining gollariga ortiqcha izoh shart emas. "Transfermarkt" o'tgan mavsumning o'zida futbolchi transferining taxminiy narxini ikki barobarga oshirdi.

CHempionshipdan ECHL finaliga: Endryu Robertson (SHotlandiya)
Transfer: "Xall Siti"dan "Liverpul"ga 9 mln evro evaziga

Kam uchraydigan omadli holat. CHunki 9 million evroga o'n oydan keyin CHempionlar Ligasi finaliga chiqqan jamoa asosiy tarkibida o'ynaydigan futbolchini topish mushkul vazifa. Endryu noilojlikdan emas, aynan o'yini bilan isbotlagani uchun asosiy tarkibda maydonga tushdi. Endining futbolga kirib kelishi va faoliyatiga jiddiyroq qiziqib ko'ring, juda tasirli hikoya.

Evropada mavsumni "yondirgan" faraon: Muhammad Saloh (Misr)
Transfer: "Roma"dan "Liverpul"ga 42 mln evro evaziga

Bu transferning nechog'lik omadli bo'lgani haqida yana gapirish zarurmikin? Agar siz futbolga biroz bo'lsa-da qiziqsangiz, Salohning Angliyada qanday darajaga chiqqanidan xabardorsiz albatta. Misrlikni oldinroq ham ko'pchilik tanirdi, ammo "Liverpul"ga, natija bilan solishtirsak, arzimagan mablag' evaziga o'tgani va jahonning eng yaxshi futbolchilari bilan tengma-teng kurashgani ko'pchilikni hayron (ijobiy manoda) qoldirdi. Ha, Saloh va "Liverpul" CHempionlar Ligasini yuta olmadi, balki Jahon CHempionatida ham Mo jiddiy natijaga erisha olmas, ammo u fantastik mavsum o'tkazganini hech kim inkor etmaydi, etolmaydi.


Omonjon To'xtamirzaev tarjima qildi

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика