So’nggi yangiliklar

00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  0 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  0 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  9 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  4 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  0 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  8 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  2 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  6 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  12 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  15 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  25 20:28"Металлург" 11 нафар футболчини рўйхатдан ўтказди, улардан 2 таси — легионер  7

Mavsum yakunlari. "Navbahor" sakkizinchi marta ajoyib natija qayd etdi Yangiliklar

Mavsum yakunlari. "Navbahor" sakkizinchi marta ajoyib natija qayd etdi

Teglar :  NavbahorOliy liga
“Navbahor” bu yilgi mavsumni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Jamoa ayniqsa o'z maydonidagi o'yinlarda hech kim, hatto “Lokomotiv”, “Bunyodkor”, “Paxtakor”, “Nasaf” kabi kuchli klublar ham uddalay olmagan ishni bajardi.

Yani, “Navbahor” bu yil o'z maydonida umuman yutqazmagan oliy liganing yagona klubi bo'ldi. Buni namanganliklar uchun albatta yaxshi natija desa bo'ladi, chunki bu jamoa oxirgi marta 2004 yilni o'z maydonida mag'lubiyatsiz o'tkazgandi. Mana endi oradan 13 yil o'tib “Navbahor” yana shunday ko'rsatkichni qayd etdi.

O'tgan yildan xulosa

“Navbahor” uchun o'tgan yil ancha xunuk kechganini muxlislar hali unutgani yo'q. CHunki jamoa 23 ochko to'plagan holda oliy ligada 15-o'rinni egallagan va elitadan tushib ketishiga bir bahya qolgandi. Oxirgi o'rinni egallagan “Andijon” oliy ligani tark etishga majbur bo'ldi, “Navbahor” esa o'tish bahsida “Norin” bilan o'ynadi. Toshkentdagi TTYMI stadionida kechgan bahsda “Navbahor” 3:1 hisobida g'alaba qozonishning uddasidan chiqdi. O'sha paytga kelib Ilhom Mo'minjonov jamoa bosh murabbiyligini egallashga ulgurgandi.

“Navbahor” bu yilgi ishtirokidan kelib chiqib o'tgan mavsumdan to'g'ri xulosa chiqardi deya olamiz. Jamoa o'z maydonidagi o'yinlarda yutqazmaslikdan tashqari yakunda chempionatni beshinchi o'rinda tugatdi. “Navbahor”ning bungacha eng yaxshi ko'rsatkichi 2004 yil qayd etilgan bo'lib, jamoa uchinchi o'rinni olgandi. Mana endi oradan 13 yil o'tib “Navbahor” mavsumni beshinchi pog'onada tugatdi.


"Navbahor" uyda kim bilan qanday o'ynadi?

“Navbahor” o'z maydonida 15ta o'yin o'tkazgan bo'lsa, shundan 10tasida zafar quchdi va besh marta durang o'ynadi. Jamoaning to'plar nisbati 24-11 ko'rinishida bo'ldi va “Navbahor” uydagi bahslarda 35 ochko jamg'ardi. Uydagi o'yinlarda ochko olish bo'yicha “Navbahor” oliy liga klublari orasida to'rtinchi bo'ldi. Bu borada birinchi o'rin “Nasaf”ga tegishli bo'lib, qarshiliklar 42 ochko jamg'arishdi. Keyingi ikkita o'rinni “Lokomotiv” (40 ochko) va “Paxtakor” (39 ochko) band etdi.

“Navbahor”ning o'z maydonida o'nta o'yinda g'alaba qozonganini aytib o'tdik. Ilhom Mo'minjonov shogirdlari uyda “Obod”, “Mashal”, “SHo'rtan”, “Qizilqum”, “Dinamo”, “Metallurg”, “Paxtakor”, “Buxoro”, “So'g'diyona” va “Nasaf” klublaridan ustun kelishdi. SHuningdek, beshta durang “Neftchi”, “Lokomotiv”, “Qo'qon-1912”, “Bunyodkor”, “Olmaliq” klublari bilan qayd etildi.

Qizig'i shundaki, bu yil “Navbahor” Qashqadaryoning uchala jamoasini ham bir xil 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Umuman olganda, namanganliklar jami oltita o'yinda o'z darvozalaridan to'p o'tkazib yuborishmadi. Qashqadaryoning uchta klubi - “Mashal”, “SHo'rtan” va “Nasaf”dan tashqari “Dinamo”, “Paxtakor”, “Buxoro” klublari bilan kechgan bahslarda ham maydon egalari gol o'tkazmasdan g'alabaga erishishdi.

“Navbahor”ning gollarga boy o'yini “Qizilqum”ga qarshi kechdi. Bunda mezbonlar 3:2 hisobida zafar quchishdi. Eng yirik g'alaba “So'g'diyona” bilan bahsda kuzatildi - 4:1. Duranglar haqida gapiradigan bo'lsak, beshta durangdan to'rttasi bir xil 1:1 hisobida yakun topdi. Birgina “Lokomotiv” bilan 2:2 o'ynaldi.


CHempionat yo'lga qo'yilganidan beri uyda yutqazmagan klublar

SHu o'rinda O'zbekiston milliy chempionati yo'lga qo'yilganidan beri (1992 yil) barcha mavsumlar statistikasiga etibor qaratib, qaysi yillarda kim o'z maydonida umuman yutqazmaganini hisoblab chiqdik. Natijada ajoyib raqamlarga duch keldik. Misol uchun milliy chempionatimizga asos solinganidani beri shu paytgacha hammasi bo'lib 11ta jamoa turli yillarda uyda mag'lubiyatsiz seriya qayd etgan ekan. Bular - “Navbahor”, “Neftchi”, “So'g'diyona”, “Nurafshon”, “Temiryo'lchi”, “Paxtakor”, MHSK, “Nasaf”, “Bunyodkor”, “Andijon” va “Lokomotiv”.

Bu yil 26-milliy chempionat bahslari o'tkazilgan bo'lsa, shu paytgacha uyda eng ko'p mag'lubiyatsiz ko'rsatkich qayd etgan jamoa “Paxtakor” bo'lib turibdi. “Paxtakor” turli yillarni qo'shib hisoblaganda jami 13 marta o'z maydonida mag'lubiyatsiz natijaga erishgan. Bu borada keyingi o'rinda “Neftchi” bormoqda. Farg'onaliklar hisobida 11ta mavsum bor. “Navbahor” esa bu yilni qo'shib hisoblaganda 8-marta shunday natijaga erishdi.

“Bunyodkor” besh marta shunday ko'rsatkichga erishgan bo'lsa, “Nurafshon”, “Temiryo'lchi”, “Nasaf” va “Lokomotiv” ikki martadan, “So'g'diyona”, MHSK, “Andijon” klublari esa bittadan mavsumni mag'lubiyatsiz o'tkazishgan.


"Navbahor"ning yilma yil erishgan natijalari

Yana “Navbahor”ga qaytamiz. Aytib o'tganimizdek, jamoa 13 yil deganda yana yuqori o'rinni egalladi. O'tgan yil oliy ligadan tushib ketishiga bir bahya qolgan jamoaning bu mavsum beshinchi o'rinni olishi yaxshi holat. Bunga ko'p jamoalar havas qilsa arziydi. Aslini olganda “Navbahor” oliy liga tarixida eng ko'zga ko'ringan klublardan biri hisoblanadi. Qolaversa, milliy chempionatimiz yo'lga qo'yilganidan beri quyi divizionga hali tushib ketmagan uchta jamoa bo'lsa, shulardan biri “Navbahor”. Yana ikkita jamoa bu “Paxtakor” bilan “Neftchi”.

To'g'ri, “Neftchi” bu mavsumda o'zini ko'rsata olmadi, jamoa 15-o'rinni egalladi va PFL takidlayotgan 12ta jamoalik formatga o'tilsa, “Neftchi” birinchi ligaga tushirib yuborilishi mumkin. Biroq bu hali yakuniy qaror emas, chunki “Neftchi” oliy ligada qolishi ham mumkin. SHu bois hozircha uchta jamoa birinchi ligaga tushib ketmagan deb turamiz. Qizig'i shundaki, 1992 yilgi chempionatda ham “Navbahor” mavsumni beshinchi pog'onada tugatgan ekan.

Agar barcha chempionatlarga etibor beradigan bo'lsak, “Navbahor”ning eng yaxshi ishtiroki tabiiyki 1996 yilga borib taqaladi. CHunki jamoa o'shanda chempion bo'lganini deyarli barcha muxlislar yaxshi bilishadi va hozircha bu “Navbahor” tarixidagi yagona chempionlik bo'lib turibdi. Bundan tashqari, jamoa shu paytgacha 8 marta (1993, 1994, 1995, 1997, 1998, 1999, 2003, 2004 yillarda) bronza medallarga ega chiqqan. “Navbahor” hali ikkinchi o'ringa sazovor bo'lmagan. Yilma yil hisoblab chiqqanda jamoaning eng yomon ko'rsatkichi 15-o'ringa to'g'ri keladi (2015 yil). Quyida “Navbahor”ning barcha mavsumlarda qaysi o'rinni qo'lga kiritgani bilan tanishib chiqishingiz mumkin.


1992 yil. 5-o'rin
1993 yil. 3-o'rin
1994 yil. 3-o'rin
1995 yil. 3-o'rin
1996 yil. CHempion
1997 yil. 3-o'rin
1998 yil. 3-o'rin
1999 yil. 3-o'rin
2000 yil. 6-o'rin
2001 yil. 4-o'rin
2002 yil. 6-o'rin
2003 yil. 3-o'rin
2004 yil. 3-o'rin
2005 yil. 6-o'rin
2006 yil. 7-o'rin
2007 yil. 8-o'rin
2008 yil. 13-o'rin
2009 yil. 14-o'rin
2010 yil. 9-o'rin
2011 yil. 6-o'rin
2012 yil. 12-o'rin
2013 yil. 11-o'rin
2014 yil. 7-o'rin
2015 yil. 8-o'rin
2016 yil. 15-o'rin
2017 yil. 5-o'rin


Xulosa o'rnida

Albatta, yakuniga etgan mavsum “Navbahor” uchun yaxshi kechdi deganimiz bilan jamoa barcha o'yinlarni bir tekis o'tkazdi deb bo'lmaydi. Ilhom Mo'minjonov jamoasi boshida “qora kunlar” ham uchrab turdi. Xususan birinchi davrada “Navbahor” ketma-ket sakkizta uchrashuvda g'alaba qozona olmadi. Jamoa 8-turda “Paxtakor”ga imkoniyatni boy berganidan so'ng to birinchi davra oxirigacha boshqa birorta o'yinda g'alabaga erishmadi.

Bundan tabiiyki butun jamoa tushkunlikka tushib qolgan bo'lishi mumkin. Keyinchalik ikkinchi davrada o'ziga kelib olgan jamoa ketma-ket ikkita o'yinni g'alaba bilan yakunladi. “Navbahor” ikkinchi davrada ancha o'ziga kelib oldi desak yanglishmaymiz, negaki jamoa uydagi barcha uchrashuvlarni g'alaba bilan yakunladi. Namangandagi uchta durang esa birinchi davrada ro'y bergandi. Bundan ko'rinib turibdiki, Ilhom Mo'minjonov davralar oralig'idan unumli foydalanib, jamoani ikkinchi davraga yaxshi tayyorlay olgan. Yo'qsa bunday natija ko'rsatishning o'zi imkonsiz bo'lardi.

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика