Mavsum oldidan "Inter"da nima gap?
03 avg 2021 17:40
Yangiliklar
Mavsum oldidan "Inter"da nima gap?
"Lacio"dan farqli ravishda, yangi murabbiy sxemani o'zgartirishi, futbolchilarning maydondagi joylarini almashtirishi yoki malum nuqtaga yangi futbolchilar izlashi shart emas.
▪️ O'tgan mavsumning kattagina qismi davomida Samir Xandanovich o'yinida sezilarli pasayish kuzatilayotgani takidlangandi. Biroq Xuan Musso "Atalanta"ga ko'chib o'tdi, Xandanovich esa "Inter"ning birinchi raqamli darvozaboni bo'lib qolmoqda. Aleks Kordac "Krotone"dan keldi, lekin u uchinchi posbon bo'lishi kutilmoqda. Samirning o'rinbosari esa Radu bo'lsa ajab emas, ruminiyalik kiper klubni tark etsa, Aleks ikkinchi raqamga aylanadi. Zaxira varianti — Luijji Sepe. "Parma" darvozasida uning joyini Buffon egalladi.
▪️ Himoyada barchasi joyida: SHkrinyar, De Vrey va Bastoni o'z o'rnida, Ranokkya, D’Ambrozio va Kolarov bilan shartnoma muddati uzaytirildi. Biroq De Vreyning agenti Mino Rayola ekanligini unutmaslik lozim. Bu holatda barchasi birdan o'zgarib ketishi mumkin. Ammo hozircha faqatgina "Everton" haqidagi mish-mishlargina bor.
▪️ Ashraf Xakimi PSJga yo'l oldi, mavsumoldi o'yinlarda Darmian harakat qildi, biroq o'ng qanotda kim asosiy bo'lishi hozircha aniq emas. Balki bu rol Naitan Nandesga tegar — "Kalyari" bilan muzokaralar anchadan buyon davom etmoqda. Indzagiga urugvaylikning universalligi juda maqul kelyapti. Futbolchi yarim himoya markazida ham, chap qanotida ham o'ynay oladi. Lekin Marko Rogning jarohati vaziyatni qiyinlashtirib yubordi, "Inter" Sardiniyaga Radja Nainggolanni jo'natishi ham talab qilinadi. Nandesning kelishi Ektor Belerin va Denzel Dumfrisning ijarasi ehtimolini yo'qqa chiqarmaydi, ammo hozircha "Arsenal" va PSV bilan muzokaralar vaqtincha to'xtatilgan. Asosiysi — Naitanni qo'lga kiritish.
▪️ CHap qanotda Ivan Perishich qolmoqda, Eshli Yang o'rniga esa Federiko Dimarko keldi. Aynan Federiko asosiy tarkib futbolchisi bo'lishi yoki kamida mavsumni asosiy futbolchi sifatida boshlashi kutilmoqda. 23 yoshli Dimarko "Verona" safida omadli bir yarim mavsum (5ta gol, 6ta assist) mavjud, mavsumoldi yig'inida ham u ancha faol va aytishlaricha, Indzagi shogirdi harakatlaridan juda mamnun.
▪️ Maydon markazi: Brozovich va Barella hamon safda, lekin xorvatiyalik bilan bazi tushunmovchiliklar borligi haqida "gaplar yuribdi" — shartnoma 2022 yilga qadar mo'ljallangan va kelishuvni uzaytirish borasida hozircha malumotlar yo'q. "La Gazzetta dello Sport" yozishicha, Marcelo ketadigan bo'lsa, "Inter"ga Miralem Pyanich taklif etilishi mumkin. Yarim himoyachi "Barselona"ga kerak emas, ammo bu borada hozircha aniq gap yo'q.
▪️ Kristian Eriksen yaqin vaqtlar ichida Italiyaga tashrif buyurishi va ko'plab testlardan o'tishi zarur. SHundan keyingina futbolchi umuman "Inter" safida maydonga tusha oladimi yoki yo'q malum bo'ladi. Mavsumga ko'p vaqt qolmadi va shu sababli ham "neradzurri" Xakan CHalxanoglu bilan shartnoma imzoladi. Mavsumoldi uchrashuvlarida turkiyalik futbolchi aynan Eriksenning nuqtasida samarali harakat qilmoqda. Aynan u Indzagi uchun "yangi Luis Alberto" bo'lishi kutilmoqda.
▪️ SHuningdek, Vidal, Vesino, Sensi, Galyardini + yoshlar bor. Ularning har biri ketishi ham yoki mavsumni Milanda boshlashi ham mumkin.
▪️ Lukaku — "Inter" uni sotmoqchi emas, Romeluning o'zi ham ketaman demayapti. Yiliga 10 million vada ham "CHelsi"ga yo'l olish uchun etarli bo'lmadi. Lautaroning shartnomasi 2023 yil yakuniga etadi. Tomonlar kelishuvni uzaytirish borasida hozircha til topisha olishmayapti. Argentinalikni faqatgina katta narxga sotishlari mumkin — taxminan 80-90 million. Nima bo'lsa-da, uni ketishiga tayyorgarlik ko'rilmoqda — bu yil bo'lmasa, keyingi yil. SHort-listda Indzagiga yaxshi tanish Xoakin Korrea va "Sassuolo"dan Andrea Raspadori bor.
▪️ Uchinchi hujumchi Aleksis Sanches. To'rtinchisi — Andrea Pinamonti yoki 20 yoshli jamoaning mavsumoldi o'yinlaridagi to'purari Martin Satriano (4ta gol). Har ikki futbolchiga ham qiziqayotganlar etarli — agar bu transferlar amalga oshsa, Balde Keyta varianti bor. Futbolchi 2018/19 yilgi mavsumda jamoa tarkibida harakat qilib ulgurgan. Keyta "Sampdoriya"dagi mavsumdan so'ng (26 o'yin, 7ta gol), "Monako" bilan shartnomasi borligiga qaramay, individual mashg'ulotlarni olib borayotgani haqida xabarlar bor hamda yangi chaqiruvlarni kutmoqda.
Nozima Zaripova tarjimasi
Fikrlar