Mavsum boshlanmagani doim bahona bo'lib qolaveradimi?
09 fev 2014 21:34
Yangiliklar

Mavsum boshlanmagani doim bahona bo'lib qolaveradimi?
Tan olaman, Evropa futboli bo'yicha mutaxassis emasman. U yoqdagi o'yinlarni ko'p ham ko'ravermayman.
Ammo 2005 yil CSKA (Moskva) hamda 2008 yil “Zenit” (Sankt-Peterburg) klublarining UEFA Kubogi musobaqasida g'olib chiqqani hamon yodimda. O'shanda Rossiya futboli hali kuz-bahor tizimiga o'tmagan, chempionat xuddi bizdagi kabi bahor-kuz tizimida olib borilardi. Mavsum boshlanmaganiga qaramay, o'shanda rus klublari qishki o'yinlarda ham raqiblarini birin-ketin mag'lub etishgandi.
Biz esa har doim shu ahvol: qishki o'yinlarda hech o'zimizni ko'rsata olmaymiz. Bahona esa tayyor: mavsum hali boshlangani yo'q, o'yinchilar yaxshi sport formasida emas, havo sovuq keldi va hokazo... Umuman olganda, bularning bari bahonadek ko'rinyapti. Kecha bo'lib o'tgan “Al Jayish” – “Nasaf” bahsini olaylik, uchrashuvni to'liq kuzatish imkoniyatiga ega bo'lmadim, ammo keyinroq o'yindagi gollarni ko'rib hayratdan yoqa ushladim. “Al Jayish”dan evropacha hujumlar va evropacha gollar. Ularning koreyalik legioneri o'yin taqdirini go'yoki bir o'zi hal qilib qo'ygandek. Ana, legioner degani qanaqa bo'lishi kerak!
Bugun bo'lib o'tgan “Lokomotiv” – “Quvayt SK” bahsida ham shu ahvol. Raqib tarkibida harakat qilgan Javod Nekunam, Rikardo Koutino va uchta gol urgan Issam Jemaa – axir bularning hammasi legioner-ku! Etibor bering, biznikilar Osiyoda kim bilan o'ynamasin, raqib jamoalar safidagi legionerlar o'yin taqdirini hal qilib qo'yishyapti. Bizga kelayotgan legionerlar esa go'yoki mahalliy futbolchilar bilan bir saviyada. Bugun “Loko” tarkibida to'p surgan SHevchenko bilan Kojokar o'zining hech bir jihati bilan ajralib turgani yo'q.
Osiyo klublari chempionlar ligasida g'olib bo'lish uchun Osiyoning ko'zga ko'ringan futbolchilarini qo'lga kiritishadi. Biznikilar esa nuqul Moldova, Ukraina, Serbiya tomonlarga oshiqadi. Tushunamiz, biz sanab o'tgan davlatlarda kuchli futbolchilar ko'p, lekin bizga kelayotganlari u yoqqa “o'tmay” qolganidan majburan kelishyapti. Aniqrog'i, biznikilar nuqul shunaqa legionerlarga yopishib olishgan.
Mag'lubiyat bilan mag'lubiyatning farqi bor. Alam qilgani, Quvayt klubi bugun “Loko”ni qiyinchiliksiz yutib ketdi. Jamoa xuddi o'rtoqlik uchrashuvida to'p surgandek erkin, bemalol harakat qildi. Go'yoki “Loko” yana bitta gol ursa, ularga bunga javoban yana gol uradigandek. Braziliyaliklar aytishadi-ku: “Raqib bizga qo'ldan kelgancha gol ursin, biz esa xohlagancha uramiz”.
To'g'ri, bizda futbol mavsumi hali boshlangani yo'q, lekin bu kabi bahonalar eskirdi. Yaxshisi, futbolchilarimizning salohiyati bundan ortiq emas, murabbiyning aqli boshqasiga etmayapti degan maqul. O'yinchilarni keskin ayblash fikridan yiroqmiz, aslida hamma ayb murabbiylarda. Qo'lga licenziyani oldi, murabbiy bo'ldi degani emas. Murabbiylik – mashaqqatli kasb, buni hammayam eplayvermaydi. Murabbiyning asl kuchi mana shunday muhim bellashuvlarda bilinadi.
“Loko” va “Nasaf”ning bir zarbdayoq OCHLdan chiqib ketishi o'zbek futbolining bugungi saviyasini ko'rsatib berdi. Har tomonlama orqaga ketayotganimizni tan olmaslikdan boshqa iloj yo'q. Ham murabbiylar, ham o'yinchilarning saviyasi borasida. Arablar mana bir necha yildirki chetdan kuchli murabbiylarni olib kelib, futbolning aniq poydevorini qo'yib olishdi. Endi ular yuqori marralar sari intilaveradi. Bizda bo'lsa hali poydevor ham qo'yilgani yo'q. CHunki qaysi klubga yangi murabbiy kelmasin, poydevorni boshqatdan o'z bilgancha qo'yishga harakat qilyapti.
Xayrulla Xoliqov.

Fikrlar