So’nggi yangiliklar

00:55Дэвис ёздаёқ "Реал"га ўтиши мумкин  0 00:29Пол Скоулз тен Хагдан хавотир олаётганини айтди  0 23:56"Вильярреал" рекордчиси жамоадан кетди  0 23:35"Ювентус" "Аталанта" футболчисини А Сериянинг энг қиммат ярим ҳимоячисига айлантириши мумкин  0 23:16Алексей Естафеев: "ЎзПФЛ шу стадионни қабул қилганми, демак шу ерда ўйнаймиз"  5 22:59Неъматилло Қуттибоев: "Қийин ўйин бўлишини билардик"  0 22:33Скоулз: "Манчестер Юнайтед" доим марказда эшикларни очиб қўяди"  2 22:07Анвар Бердиев: "Бухоро" стандарт вазиятлардан фойдаланиб кетди"  2 21:58Париж-2024. 3-ўрин учун баҳсда Марокаш Миср дарвозасига 6та гол урди  10 21:23Улуғбек Бакаев: "Натижадан қониқдим, ўйиндан эса йўқ"  10 21:14Ришарлисон нима сабабдан Саудияга кетмаганини айтди  2 20:51Пепе фаолиятини якунлади  7 20:33Про лига. "Бухоро" ва "Арал" бир хил ҳисобда ғалабага эришди  1 20:16Ўзимизнинг карикатура. Йил ўйинида "навбаҳор" зафар қучди  19 20:00Анчелотти "Олтин тўп" учун кураш ҳақида гапирди  9

Mavsum-2018 sarhisobi: Ortda qolayotgan yilni PFL qanday o'tkazdi? Yangiliklar

Mavsum-2018 sarhisobi: Ortda qolayotgan yilni PFL qanday o'tkazdi?

Ortda qolayotgan 2018 yil – o'zbek futboli uchun ulkan islohotlar yili sifatida futbolimiz tarixidan o'rin olmoqda.

Zero 2018 yilgi mavsum boshidan milliy chempionatimiz saviyasini oshirish, klublarning infratuzilmasini yaxshilash, chempionat o'tkazilish tartibini o'zgartirish orqali uning qiziqarli va tomoshabop ko'rinish olishini taminlash hamda muxlislarning stadionga tashrifini ko'paytirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirila boshlandi.

O'yinlarning o'tkazilishi borasidagi tashkiliy masalalar, chempionat uchrashuvlarining TV orqali keng hajmda namoyish etilishi borasida oldinga ulkan qadamlar tashlandi.

Eng katta voqeliklardan biri O'zbekiston Professional futbol ligasining PEPSI kompaniyasi bilan Superligaga titul homiy bo'lish borasida shartnoma imzolagani bo'ldi. Milliy futbolimiz tarixida ilk marta chempionatimiz titul homiyga ega bo'ldi. Qitamizning etakchi milliy birinchiliklari qatori O'zbekiston chempionati ham o'z homiysiga ega bo'lgani diqqatga sazovor holatdir. Bu orqali liga o'zi pul ishlab topa boshladi. Qolaversa, ushbu homiylik shartnomasi asosida milliy chempionatimiz ilk bora o'z logotipiga ega bo'ldi. Ilgari barcha o'yin oldi tadbirlari, teletranslyaciya va uchrashuvlarga oid turli broshyuralarda faqat PFL logosi ishlatilgan bo'lsa, endilikda barcha o'yin oldi va undan keyingi jarayonlarda Superliganing 2018 yilgi mavsumi uchun yaratilgan maxsus logotip qo'llanila boshlandi.  

SHu o'rinda, o'yinlar teletranslyaciyasi haqida alohida so'z yuritish joiz. O'zbekiston chempionati o'yinlarining televidenie orqali keng qamrovda efirga uzatilishi aynan 2018 yildan amalga oshirila boshlandi. Alohida etirof etish lozim bo'lgan jihat shundan iboratki, PFL va Sport telekanali o'rtasida imzolangan memorandumga asosan deyarli barcha uchrashuvlar jonli efirda ko'rsatila boshlandi. Aynan mana shu jihat ko'plab ishqibozlarga manzur bo'ldi va o'zbek futboli jamoatchiligi tomonidan juda yaxshi qabul qilindi.

PFL tomonidan o'yinlar taqvimi tuzishda imkon qadar muxlislarga qulay bo'lgan vaqtlar tanlangani ham taqsinga sazovor. CHunki aksariyat tur o'yinlari hafta so'nggida o'tkazildi. Begim kunlari bo'lgan uchrashuvlar esa ishqibozlarning stadionga kela olishni ko'zlagan holda soat 18:00dan so'ng boshlandi.  

Bundan tashqari oldingi yillardan farqli ravishda ishqibozlarning Superliga uchrashuvlarini bevosita stadionning o'zidan tomosha qilishga bo'lgan qiziqishini orttirish maqsadida stadionlarimizda turli o'yinoldi tadbirlar, koncert dasturlari, turli lotoreyalar o'tkazilishi yo'lga qo'yildi.  

Uchrashuvlarni oila azolari, farzandlari bilan birgalikda tomosha qilishni istagan futbol ishqibozlari uchun stadionlarda oilaviy sektorlar tashkil etildi. Ramazon oyida bepul iftorliklar uyushtirildi. Ko'plab o'yinlar davomida stadionga kelgan muxlislarga futbolka va to'plar sovg'a qilindi.  

O'yinlardan bo'sh vaqtda yoshlar uchun Superliga klublari stadionlariga va klublar muzeylariga ekskursiyalar ham yo'lga qo'yildi.

Eng ahamiyatlisi – barcha klublar 2018 yildan etiboran o'z do'konlarini ishga tushirdi. Ilgari sanoqli klublargina o'z rasmiy do'koni faoliyat olib borishi bilan maqtana olar edi. Endilikda barcha klublar stadionlari hududida klub attributikalari sotiladigan do'konlar mavjud. O'z sevimli jamoasi attributikasini tutgan holda yoqtirgan futbolchilarini qo'llab-quvvatlash muxlislarga ham manzur bo'lganiga guvoh bo'ldik.

Natijada 2018 yilgi mavsumda stadionlarimizga ishqibozlar tashrifi chindan ortdi. Buni quyidagi raqamlardan ham bilish mumkin. 2017 yilgi mavsum bilan solishtirganda 2018 yilgi mavsumda milliy chempionatimizning har bir o'yiniga tashrif buyuradigan muxlislar o'rtacha soni deyarli 2 baravarga oshdi (o'rtacha har bir uchrashuvga kelgan muxlis soni: 2017 yilda 4386 nafar tomoshabin; 2018 yilda esa 8050 nafar tomoshabin).

Ko'rinib turibdiki, ko'pincha tanqid qilinadigan PFL ortda qolgan yilda ancha salmoqli ishlarni amalga oshira oldi. Eng muhimi – barcha sai-harakatlar milliy futbolimizga, ichki chempionatimizga jamoatchilik etiborini oshirish, muxlislarni stadionga qaytarish maqsadida qilindi. 2018 yildagi oldinga qo'yilgan qadamlar, kelasi yilda yanada bardavom bo'lib, chempionatimiz saviyasi o'sishi uchun xizmat qilishini, bu yo'lda PFLdan yanada shahdam qadamlarni kutib qolamiz.


Zohir Akromxonov PFL matbuot xizmati xodimi

Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика