Mauro Ikardi “Inter” tarixiga kirdi
22 okt 2018 07:45
Yangiliklar
Mauro Ikardi “Inter” tarixiga kirdi
Ikardi kecha “Inter”-“Milan” bahsida 93-daqiqada “Inter”ga g'alaba keltirgan golga mualliflik qildi.
SHu tariqa Ikardi “Inter”ning derbidagi so'nggi beshta goliga ham mualliflik qildi. 2017 yil aprelida Mauro “Inter”ning derbidagi ikkinchi goliga (aynan o'sha o'yin nazarda tutilmoqda), 2017 oktyabrida esa futbolchi xet-trikka erishgan bo'lsa, kechagi gol Ikardi uchun ketma-ket beshinchisi bo'ldi.
Bunday holat “Inter” tarixida ilk marta sodir bo'ldi. Avval esa shunday holat “Milan”da Amarildo bilan yuz bergan. Futbolchi 1964-1966 yillarda ketma-ket derbida jamoasining 5 ta golini kiritgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Будё Глимт" ўз уйида "Манчестер Сити"ни ишончли тарзда мағлубиятга учратди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бор аламини "Монако"дан олди
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
Ҳусниддин Алиқулов учун мавсум якунланди. Футболчи Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмайди
Fikrlar