Mauricio Sarri: “Yuventus” hamisha favorit bo'lgan, lekin “Napoli” oxirigacha kurashadi”
04 mar 2018 09:16
Yangiliklar


Mauricio Sarri: “Yuventus” hamisha favorit bo'lgan, lekin “Napoli” oxirigacha kurashadi”
“Napoli” klubi bosh murabbiyi Mauricio Sarri “Roma”dan qabul qilib olingan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Kecha oqshom neapolliklar Italiya A Seriyasining 27-turini o'z maydonlarida o'tkazishlariga qaramay, “Roma”ga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishgandi.
“Biz o'z xatolarimiz evaziga mag'lub bo'ldik. Vaholanki, chempionlik uchun kurashda “Yuventus”ni qiyin ahvolga solib qo'yish uchun imkoniyatlarimiz etarlicha edi. Lekin turinliklar hamisha favorit bo'lib kelishgan. Har qanday holatda ham chempionlik uchun so'nggi soniyalargacha kurashamiz”, — dedi Sarri.
Ayni paytda A Seriyada “Napoli” bir ochkolik farq bilan peshqadamlik qilyapti. Lekin ikkinchi o'rindagi “Yuventus” hisobida “Atalanta”ga qarshi o'tkazilmay qolgan o'yin bor.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar