Mauricio Sarri: "Taktik jihatdan yaxshilanishiz kerak"
05 noy 2018 03:00
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/461207_original.jpg)
![](/upload/storage/461207_220.jpg)
Mauricio Sarri: "Taktik jihatdan yaxshilanishiz kerak"
"CHelsi" ustozi Mauricio Sarri "Kristal Pelas"ga qarshi bo'lib o'tgan bellashuv (3:1) haqida to'xtalib o'tdi.
"Moratadan juda mamnunman. O'tgan oydan boshlab jamoa taktikasiga qo'shilishni boshladi. Alvaroning jismoniy va texnik potenciali yuqori. U yanada o'sishi mumkin. Kelajakda Morata top hujumchi bo'la olishiga ishonaman".
"Uchrashuv davomida jamoam o'yinida bir qancha muammolar yuzaga keldi. O'ziga xos mahorat va xarakterga ega futbolchiga muxtoj edik. Azarning zahirada bo'lishi ham foyda berdi. Eden Azar maydonga tushganidan so'ng, darhol o'yinni ijobiy tomonga o'zgartira oldi. Ammo, taktik jihatdan yaxshilanib borishimiz kerak. Bugungi uchrashuvning dastlabki 15 daqiqasida shogirdlarim zich o'yin ko'rsata olishmadi", - deya Sarrining so'zlarini keltirdi BBC nashri.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar