Mauricio Sarri: “O'ylashimcha, Pirloga mening uslub va g'oyalarim maqul tushardi”
31 iyu 2020 22:59
Yangiliklar
Mauricio Sarri: “O'ylashimcha, Pirloga mening uslub va g'oyalarim maqul tushardi”
“Yuventus” bosh murabbiyi Mauricio Sarri Turin yoshlar jamoasiga Andrea Pirloning murabbiyi etib tayinlanishiga o'z munosabatini bildirdi.
-Pirlo singari futbolchilarni shug'ullantirishni istarmidingiz?
-Menga bu maqul bo'lardi. O'ylaymanki, unga ham mening o'yin uslubim va g'oyalarim unga ham maqul tushardi.
U-23 jamoasi bilan u ajoyib ishlashiga shubham yo'q. O'rinbosarlar jamoasida saviyali futbolchilar jamlangan va ularga murabbiyi o'z g'oyalarini singdira olishi ishonaman”, dedi Sarri.
Fikrlar