So’nggi yangiliklar

00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  11 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  54 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  832 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4

Matyash AGMK sharafini himoya qilayotgan 16-darvozabon Yangiliklar

Matyash AGMK sharafini himoya qilayotgan 16-darvozabon

Teglar :  Pavel MatyashAGMK
2008 yildan buyon elitada ishtirok etayotgan AGMK sharafini ko'plab darvozabonlar himoya etishgan. Qirg'izistonlik posbon jamoa posbonlari ro'yxatida o'n oltinchisi bo'ldi.

AGMK tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, jamoa darvozasini ko'pincha xorijlik posbonlar qo'riqlashgan. 2008 yil jamoaning ilk debyut o'yinida ukrainalik Yuriy Xrienko bu ananani boshlab bergandi. Jamoa tarkibida eng ko'p o'yin o'tkazgan Xrienko jamoa tarkibidagi posbonlar orasida kuchlilaridan biri edi. Yuriy 74 o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 86 to'p o'tkazib yuborgan. Xrienkodan so'ng jamoada ikki mavsum yana bir ukrainalik Denis Ershov jamoada faoliyat olib bordi. U 25 o'yinda maydonga tushib, 42 marta to'p o'tkazib yuborgan. 2012 yil estafeta turkmanistonlik, faoliyati davomida Qozonning “Rubin” jamoasi sharafini himoya qilgan Pavel Xarchik davom ettirdi. U 18 uchrashuvda maydonga tushib, 27 to'p o'tkazib yuborgan. 2013 yil Xarchik o'rniga vatandoshi Maqsatmurod SHomurodov jamoa sharafini himoya eta boshladi. Maqsatmurod Olmaliqda bir yarim mavsum faoliyat olib bordi. U 27 o'yinda maydonga tushdi va 33 marta o'z darvozasidan to'p o'tkazib yubordi. 2015 yilning ikkinchi davrasidan asli belorussiyalik bo'lgan Valeriy Fomichyov Qozog'iston fuqaroligi ostida jamoa darvozasini qo'riqladi. U 8 o'yin o'tkazdi va 11 marta o'z darvozasidan to'p olib chiqdi.

Mavsumlar davomida xorijliklardan tashqari mahalliy darvozabonlar Temur G'aniev, Farhod Yo'ldoshev va Suhrobjon Sultonov, Roman Abdulov, Umid Xonimqulov, Akmal Ortiqov, Nikita SHkvirin, Xurshid Xodjaev, Akbar To'raev, Nizomiddin Ziyovutdinovlar ham jamoa sharafini himoya etishdi. Temur 8 yil oralig'ida uch marta jamoaga taklif etilgan. 2008 yilda 1 o'yinda maydonga tushgan G'aniev, keyingi ikki mavsumni Samarqandning “Dinamo” jamoasida davom ettirdi. 2011-2012 yillarda yana jamoaga qaytdi va bu ikki mavsumda 15 o'yinda maydonga tushdi. 2013-2014 u yana faoliyatini boshqa jamoada davom ettirdi. 2015 yil u uchinchi marta jamoaga taklif etildi. Bu gal u 5 uchrashuvda Olmaliq sharafini himoya qildi. Temur umumiy 19 o'yinda o'z darvozasidan 34 to'p o'tkazib yuborgan. Farhod Yo'ldoshev va Suhrobjon Sultonov  2009 yilgi mavsumda bittadan o'yinda maydonga tushgan. Har ikki posbon ham bu o'yinlarda 3tadan to'p o'tkazib yuborgan. Jamoada uzoq faoliyat olib borgan yana bir posbon Umid Xonimqulovdir. Umid 2013-2016 yillar davomida 50 o'yinda jamoa sharafini himoya qilgan. Uning o'tkazib yuborgan to'plari 86tani tashkil etadi.



Akmal Ortiqov 2014 va 2016 yillarda jamoada faoliyat olib borgan o'yinlarda 16 o'yinda maydonga tushgan. Bu bahslarda u 24 to'p o'tkazib yuborgan. Akmal 2015 yilni ijarada boshqa jamoada o'tkazgandi. Nikita SHkvirin asosan jamoa o'rinbosarlarida faoliyat olib borgan bo'lib, uning asosiy tarkibdagi o'yinlari 4tani tashkil etadi. Bu uchrashuvlarda u 10 marta o'z darvozasidan to'p olib chiqqan. Akbar To'raev o'tgan mavsumda jamoada 7 uchrashuv o'tkazdi va 12 marta to'p o'tkazib yubordi. Hozirda jamoa bilan birga bo'lib turgan Roman Abdulov jamoa sharafini ilk marta 2012-2013 yilda himoya qilgandi. U ikki mavsumda 7 o'yinda maydonga tushishga muvaffaq bo'lgandi. 2014-2015 yillarda u faoliyatini boshqa jamoada davom ettirdi. 2016 yildan yana jamoaga qaytgan Roman bugungacha jami 21 o'yinda jamoa tarkibida maydonga tushdi. O'tkazib yuborgan gollari soni 44tani tashkil etadi. Jarohat sabab jamoaga yordam bera olmayotgan Xurshid Xodjaev o'tgan mavsumda jamoa muvaffaqiyatlariga katta hissa qo'shdi. U 11 o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 2tagina to'p o'tkazib yuborgan. Yosh posbon Nizomiddin Ziyovutdinov o'tgan yilgi mavsumda debyutini o'tkazdi. U ishtirok etgan 5 o'yinda o'z darvozasidan 8 marta to'p o'tkazib yubordi.

 

Jamoa sharafini himoya qilgan barcha darvozabonlar statistikasi

#

Futbolchi

Tug'ilgan sanasi

O'yin

Daq.

Gol.

SK

QK

1

Xrienko Yuriy

08.11.1976

74

6647

-86

5

1

2

Xonimqulov Umid

27.08.1982

50

4230

-86

5

0

3

SHamuradov Maqsatmurod

06.05.1984

27

2329

-33

5

0

4

Ershov Denis

25.03.1983

25

2172

-42

1

0

5

Abdulov Roman

10.05.1987

21

1872

-44

3

0

6

G'aniev Temur

27.01.1984

19

1845

-34

4

0

7

Xarchik Pavel

05.04.1979

18

1575

-27

0

0

8

Ortiqov Akmal

30.01.1987

16

1440

-24

1

0

9

Xodjaev Xurshid

14.02.1988

11

990

-2

1

0

10

Fomichyov Valeriy

23.03.1988

8

655

0

0

1

11

To'raev Akbar

27.08.1989

7

630

-12

0

0

12

Ziyovutdinov Nizomiddin

25.04.1998

5

450

-8

0

0

13

SHkvirin Nikita

23.06.1991

4

360

-10

0

0

14

Yo'ldoshev Farhod

11.01.1984

1

90

-3

0

0

15

Sultonov Suxrobjon

26.03.1990

1

90

-3

0

0

16

Matyash Pavel

11.07.1987

1

90

-2

0

0



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика