Matteys de Ligt: “Maydonda haqiqiy erkakcha kurash kechdi, ammo...”
01 may 2019 09:35
Yangiliklar


Matteys de Ligt: “Maydonda haqiqiy erkakcha kurash kechdi, ammo...”
Matteys de Ligt “Ayaks”ning “Tottenxem” ustidan qozngan g'alabasidan keyin fikrlari bilan bo'lishdi.
“Bu endigina birinchi o'yin, ammo vaziyat ancha yaxshi. Safarda muhim gol urdik. O'yin so'ngida to'p darvoza ustuniga tekkani yaxshi ish bo'lmadi, 2:0 hisobi har holda 1:0 dan ancha yaxshi edi. “Bavariya”, “Real” “Yuventus”ga qarshi ham safarda xuddi shunday o'yin ko'rsatgandik. “Tottenxem”ning kuchli jamoa ekanligini bilardik. Ular to'pni havolatib Lorentega tashlab turishdi, bu esa bizga pressing qilishimiz uchun halal berdi. Maydonda haqiqiy erkakcha kurash ketdi, ammo g'alaba baribir biz bilan qoldi”,—deydi Matteys.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar