Matteys de Ligt: "Faqatgina ten Xag uchun MYUga o'tmaganman. Bu juda katta klub"
14 noy 2024 22:59
Yangiliklar


Matteys de Ligt: "Faqatgina ten Xag uchun MYUga o'tmaganman. Bu juda katta klub"
"Manchester Yunayted" himoyachisi Matteys de Ligt mankunianliklar sobiq ustozi Erik ten Xagning istefosi haqida gapirdi.
"Erik meni jamoaga taklif qildi, u bilan birga muvaffaqiyatlarga erishmoqchi edim. Biroq uning omadi kelmadi. Uning qo'l ostidagi ko'plab o'yinlarda yaxshi o'ynadik, biroq vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. Hammasi shunday yakunlanganidan afsusdaman.
Amorim "Sporting"da yaxshi ishladi, umid qilamanki, u jamoamizning darajasini ko'tara oladi. U mening birinchi yoki oxirgi murabbiyim emas. "Manchester Yunayted"ga faqatgina Erik ten Xag uchun o'tmadim. MYU - dunyoning eng katta klublaridan biri. Men shunchaki o'z ishimni qilishim kerak. O'zimni yaxshi his qilyapman. SHunday davom etaman degan umiddaman", - dedi de Ligt.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar