Matteus: "Xakimini Bundesliganing eng yaxshi chap qanot himoyachisi deb hisoblayman"
02 jan 2019 14:15
Yangiliklar
Matteus: "Xakimini Bundesliganing eng yaxshi chap qanot himoyachisi deb hisoblayman"
Germaniya terma jamoasi sobiq sardori Lotar Matteus "Borussiya" (Dortmund) himoyachisi Ashraf Xakimi o'yini haqida fikr bildirdi.
Futbolchining transfer huquqi "Real"ga tegishli.
"Xakimi mavsumning birinchi qismida juda yaxshi o'ynadi. Uni Bundesliganing ayni damdagi eng yaxshi chap qanot himoyachisi deb hisoblayman. Yoaxim Lyov o'z jamoasida bunday texnika va tezligi bor futbolchi bo'lganida juda xursand bo'lardi" - deydi Matteus.
20 yoshli Xakimi joriy mavsum Bundesliganing 12ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar