Matteus: "Bunday tanlovdan keyin dunyoni tushunmay qoldim"
30 noy 2021 20:15
Yangiliklar
Matteus: "Bunday tanlovdan keyin dunyoni tushunmay qoldim"
60 yoshli Lotar Matteus “Oltin to'p” sohibi argentinalik 34 yoshli Lionel Messining g'alabasidan hayratda qolganini tan oldi.
“To'g'risini aytsam, bunday tanlovdan keyin men bu dunyoni tushunmay qoldim. Lionel Messi va boshqa nomzodlarga hurmat saqlagan holda aytaman, hech kim bunga Levandovskichalik haqli emasdi. "France Football" o'tgan yili ham unga mukofot bermagandi. Robert 2020 yilda "Bavariya" bilan barcha sovrinlarni yutdi – u allaqachon engilmas o'yinchi.
Biz faqat 2021 yilni hisobga olsak ham, Leva qolganlardan yaxshiroq edi. U Gerd Myullerning 100 yillik rekordini yangilab, har bir musobaqada to'purarlar ro'yxatida birinchi o'rinda ketmoqda, milliy va xalqaro miqyosda hammadan o'zib ketdi.
Messi Argentina terma jamoasi bilan Amerika kubogini yutgan bo'lsa-da, Parijda butunlay ko'rimsiz. Benzema ham ajoyib futbol ko'rsatdi, ammo "Real" bilan hech narsa yutmadi. So'nggi oylarda Saloh ajoyib, lekin u yil boshida uzoq vaqt ko'rinmadi. Jorjino CHelsi" va Italiya bilan ikkita juda katta chempionlikni qo'lga kiritdi, ammo u "Bavariya" hujumchisi kabi ajralib turmadi. Hatto Ronaldu ham Robert kabi barqaror emas edi. Uning g'alaba qozona olmagani men uchun tushunarsiz", – dedi Matteus.
Fikrlar