Matteus: "Bu men ko'rgan eng kuchli "Bavariya"
30 sen 23:08
Yangiliklar
Matteus: "Bu men ko'rgan eng kuchli "Bavariya"
"Bavariya" sobiq yarim himochisi Lotar Matteus Vensan Kompani qo'l ostidagi "Bavariya"ning o'yiniga baho berdi.
"Bu men ko'rgan eng kuchli "Bavariya". Menimcha, Pep Gvardiola davridagidan ham yaxshiroq, chunki bu jamoa faqat oldinga o'ynayapti.
To'g'ri, bu narsalar kuchsizroq raqiblarga qarshi bahslarda ko'rinyapti, ammo kecha "Bayer" bilan o'yinda ustunlik, hamjihatlikning guvohi bo'ldik.
So'nggi 7-8 oy mobaynida ikki markaziy himoyachi o'rinli tanqil qilindi, Kompani esa ularni to'g'ri yo'lga qaytardi. "Bavariya"ni tomosha qilish yana yoqimli bo'lib qoldi" - deydi Matteus.
Fikrlar