Matteus "Bavariya"ning asosiy xatosi nima ekanligini aytdi
06 dek 2018 17:26
Yangiliklar
Matteus "Bavariya"ning asosiy xatosi nima ekanligini aytdi
Germaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Lotar Matteus "Bavariya"dagi muammolar haqida fikr bildirdi.
"Zamon o'zgaryapti, futbol yanada tezlashdi va yangi avlod asosiy rollarni egallamoqda. "Bavariya"ning joriy mavsumdan oldin yo'l qo'ygan asosiy xato - ular hech narsani o'zgartirishmadi. Kovach so'nggi bir necha yilda hamma sovrinni yutganlarni shug'ullantirishi kerak. Ularda hech qanday motivaciya yo'q. Ketma-ket 6 marta chempion bo'lganlarni qanday qilib ruxlantirish mumkin? Gap ularda emas, hammasi psixologiyaga bog'liq.
Kovach xato qarorlar qabul qilgani bo'lishi mumkin, ammo u to'g'ri xulosa chiqaradi deb o'ylayman. U o'z futbolchilarini kuchliroq qilish uchun tinimsiz ishlaydigan murabbiylardan biri. Klub va muxlislar qo'llab-quvvatlasa, Kovach "Bavariya" bilan yaxshi natijalarga erisha oladi" - deydi Matteus.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar