Mats Xummels Evrokuboklarda o'ynaydigan A Seriya klubiga o'tishi mumkin
26 iyu 2024 21:35
Yangiliklar
Mats Xummels Evrokuboklarda o'ynaydigan A Seriya klubiga o'tishi mumkin
"Borussiya D"ni erkin agent sifatida tark etgan himoyachi o'ziga yangi klub qidirmoqda.
"Bolonya" klubi himoyachi Mats Xummelsga rasmiy taklif bilan chiqdi. Italiya klubi buni rasman tasdiqladi. Ayni damda klubi himoyachi bir qarorga kelishini kutmoqda.
"Biz Xummelsning qarorini kutmoqdamiz. Biz unga o'z loyihamizni ko'rsatdik", -deydi "Bolonya" klubi direktori Fenuchchi.
Malumot uchun, "Bolonya" klubi ikki kun oldin Mats Xummelsga tibbiy ko'rik o'tkazishni rejalashtirib qo'ygan. Himoyachiga esa bir qarorga kelish uchun ko'proq vaqt talab etilmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Bolonya" klubi o'tgan mavsum A Seriyada beshinchi o'rinni egalladi va yangi mavsumda ECHL saralash bosqichida qatnashadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar