Matich Sulsher MYU futbolchilariga nima deganini aytib berdi
24 dek 2018 14:50
Yangiliklar
Matich Sulsher MYU futbolchilariga nima deganini aytib berdi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Nemanya Matich Ule-Gunnar Sulsher qo'l ostida ishlash qanday ekanligini aytib berdi.
MYU APLning 18-tur o'yinida "Kardiff Siti" mehmoni bo'ldi va 5:1 hisobida g'alabaga erishdi. Bu bahs Sulsherning "qizil iblislar" ustozi sifatida o'tkazgan ilk uchrashuv bo'ldi.
"Sulsher jamoaga kelganiga bor-yo'g'i ikki kun bo'ldi, ammo biz bir necha bor suhbat qurdik. U bizga ko'proq hujum qilishimiz, to'p uchun kurashishimiz kerakligini aytdi. Buni "Kardiff"ga qarshi bahsda bajardik va baxtlimiz.
Mourinyuning ketishiga keladigan bo'lsak, bu futbol. Yomon natijalarda faqat murabbiy aybdor bo'lmaydi, ammo olg'a intilish va klub uchun kurashishda davom etish kerak" - deydi Matich.
Fikrlar