Matich "Roma"ga Mourinyu sabab o'tganini tan oldi
05 iyu 2022 10:44
Yangiliklar
Matich "Roma"ga Mourinyu sabab o'tganini tan oldi
"Roma" yangi o'yinchisi Nemanya Matich Rim klubiga bosh murabbiy Joze Mourinyu sabab o'tganini tan oldi.
Futbolchi 2022 yilning iyunida jamoa bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzoladi.
"Biz yaxshi tanishmiz va u bilan yana ishlashdan xursandman. Mourinyu sabab shu erdaman. Men Mourinyu qo'l ostida eng ko'p o'yin o'tkazgan o'yinchi bo'lishni va Lemparddan o'tib ketishni istardim. Menga "Roma"ning istiqbollari yoqadi", — deydi Matich.
Matich o'tgan mavsum "Manchester Yunayted" tarkibida 32ta o'yinda maydonga tushib, 4ta assist qayd etdi.
Matich MYUda 2017 yilning iyulidan beri o'ynayotgandi. U oldinroq Joze Mourinyu qo'l ostida "CHelsi" va MYUda o'ynagan.
Fikrlar