Matich: "Mourinyu "Manchester Siti"ni qanday to'xtatish mumkinligini biladi"

Aslanov Jasurbek
10 noya 2018, 11:23
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Nemanya Matich "Manchester Siti"ga qarshi bo'ladigan APLning 12-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Uchrashuv og'ir o'tadi deb o'ylayman. "Manchester Siti" - har bir o'yinda ko'p gol uradigan, juda sifatli jamoa. Biroq bizning ham kuchli tomonlarimiz bor, ularni ko'rsatishga harakat qilamiz. Ularning hujumlarini to'xtatishimiz kerak va Mourinyu buni qanday qilish kerakligini biladi.

"Yuventus" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng yaxshi jamoa ekanligimizga ko'proq ishona boshladik. APLning so'nggi 4 uchrashuvida 3ta g'alabaga erishdik. Natijaga munosib o'yin ko'rsatdik va buni davom ettirishga harakat qilamiz" - deydi Matich.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi 11 noyabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: manutd.com