Materacci: "Mourinyu mening otam, do'stim, akamdek bo'lgan"
05 apr 2020 18:45
Yangiliklar
Materacci: "Mourinyu mening otam, do'stim, akamdek bo'lgan"
"Inter"ning sobiq futbolchisi Marko Materacci sobiq ustozi, hozirda "Tottenxem"ni boshqarayotgan Joze Mourinyu bilan birgalikdagi faoliyati haqida gapirdi.
"Mourinyu mening otam, do'stim, akamdek bo'lgan. Agarda o'yinimiz o'xshamasa, u bizni aniq nimadir qilib qo'yardi. U qanday tugmalarni bosish kerakligini yaxshi bilardi. Uning qo'l ostidagi "Inter"ning natijalarini ko'rgansiz. Hayotimning so'nggiga qadar Mourinyudan minnatdorman. U bizga ECHLni yutishimizni vada qilgandi va buni bajardi", - dedi Materacci.
Mourinyu "Inter"dan ketayotganida yig'laganini barcha yaxshi biladi. Uning qo'l ostida milanliklar ikki marta A Seriya bosh sovriniga ega chiqqan. Materacci esa 2015 yilda faoliyatini yakunlagan.
Fikrlar