Materacci: "Mourinyu mening otam, do'stim, akamdek bo'lgan"

Mirjalol Normatov
5 apr 2020
"Inter"ning sobiq futbolchisi Marko Materacci sobiq ustozi, hozirda "Tottenxem"ni boshqarayotgan Joze Mourinyu bilan birgalikdagi faoliyati haqida gapirdi.

"Mourinyu mening otam, do'stim, akamdek bo'lgan. Agarda o'yinimiz o'xshamasa, u bizni aniq nimadir qilib qo'yardi. U qanday tugmalarni bosish kerakligini yaxshi bilardi. Uning qo'l ostidagi "Inter"ning natijalarini ko'rgansiz. Hayotimning so'nggiga qadar Mourinyudan minnatdorman. U bizga YCHLni yutishimizni vada qilgandi va buni bajardi", - dedi Materacci.

Mourinyu "Inter"dan ketayotganida yig'laganini barcha yaxshi biladi. Uning qo'l ostida milanliklar ikki marta A Seriya bosh sovriniga ega chiqqan. Materacci esa 2015 yilda faoliyatini yakunlagan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport