Mate Flamini: "Ozil bilan nizo bo'lgani yo'q"
22 fev 2014 12:52
Yangiliklar


Mate Flamini: "Ozil bilan nizo bo'lgani yo'q"
"Arsenal" yarim himoyachisi Mate Flamini "Bavariya"ga qarshi o'yin vaqtida klubdoshi Mesut Ozilga baqirgani haqida gapirib berdi.
- Ozil bilan hech qanday nizo bo'lgani yo'q, tashqaridan buni shunday tushunish mumkin. Biz mag'lub bo'ldik, bu aynan shunga qaratilgandi. Men va Ozil tug'ma g'oliblarmiz. Bu vaziyat esa "Arsenal"da xarakter borligini ko'rsatadi, - deydi Flamini Arsenal Player nashriga.

Fikrlar