So’nggi yangiliklar

17:07Стив Брюс Ямайка терма жамоасида иш бошлаши мумкин  0 16:50Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси: Асосий таркибимиз маълум  24 16:17Ҳусниддин Алиқулов ва Остон Ўрунов бугунги ўйинни ўтказиб юборади  21 15:54Фабрицио Романо: "Атлетико" Конор Галлахер трансферига яқин  2 15:23"Челси" Лукакуни Осимхенга алишмоқчи  1 14:58"Арсенал" Саненинг атрофидаги вазиятни кузатмоқда  1 14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  30 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  3 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2 12:05Шерзод Файзиев қаерда?   8 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   1 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  7

#Matchday: Londonda italyancha qarama-qarshilik, Yuppning ECHLga qaytishi va boshqa o'yinlar haqida (prevyu) Yangiliklar

#Matchday: Londonda italyancha qarama-qarshilik, Yuppning ECHLga qaytishi va boshqa o'yinlar haqida (prevyu)

Evropa chempionlar ligasi futbol muxlislarini yana bir uyqusiz tunga taklif etadi.

Kecha boshlangan 3-tur o'yinlari bugun yana to'rtta guruhda davom ettiriladi.

"A" guruhi: "Benfika" - "Manchester Yunayted", CSKA - "Bazel"
"B" guruhi: "Bavariya" - "Seltik", "Anderlext" - "PSJ"
"C" guruhi: "Qorabog'" - "Atletiko", "CHelsi" - "Roma"
"D" guruhi: "Barselona" - "Olimpiakos", "Yuventus" - "Sporting"

"A" guruhida peshqadami "Manchester Yunayted" bugun Portugaliyaga safar uyushtiradi. Guruh autsayderi "Benfika"ga qarshi o'yinda Mourinyu jamoasi navbatdagi g'alabani qo'lga kiritgan holda pley-off yo'llanmasini deyarli hal etish maqsadida harakat qilishlari aniq. "Benfika" uchun imkoniyatlarni saqlab qolish uchun oxirgi imkoniyat. Agarda jamoa bugun ham g'alaba qozona olmasa, unda guruhdan chiqish imkoniyatlari deyarli yo'qoladi. SHu nuqtai nazardan Rui Vitoria jamoasi grand raqibiga qarshi o'yinda g'alabani ko'zlashlari kerak bo'ladi. "Benfika" futbolchisi Andre Almeyda MYU bilan o'yinni diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuboradi. MYUdagi yo'qotishlar esa yanada ko'proq. Jamoa etakchisi Pol Pogba, Zlatan Ibragimovich, Beyi, Roxo, Karrik hamda Maruan Fellayni jarohatli bois o'yinda ishtirok eta olishmaydi. Lekin "Manchester Yunayted"ning zaxirasida ham tanlovlar borligini inobatga oladigan bo'lsak, bu yo'qotishlar Mourinyuga "Benfika" bilan o'yinda katta muammo tug'dirmasa kerak.


Guruhda ikkinchi o'rin kurashayotgan CSKA va "Bazel" Moskvada uchrashishadi. Bu jamoalar o'rtasidagi o'yin guruhdagi ikkinchi yo'llanma masalasini hal etish ehtimoli yuqori. CSKAda muhim o'yin oldidan bir nechta jiddiy yo'qotishlar mavjud. Jamoa etakchisi Alan Zagoev jarohati bois o'yinda ishtirok etmasligi aniq. SHuningdek, markaziy himoya vakillari Vasin, Berezuckiy hamda o'rta chiziq o'yinchisi Golovinning o'ynashi so'roq ostida.


"B" guruhida PSJ yakka peshqadam bo'lib turibdi. Guruh hokimi bugun Belgiyada "Anderlext" mehmoni bo'ladi. Hali birorta gol urolmagan "Anderlext" o'z darvozasidan gol o'tkazmagan PSJni darvozasiga yo'l topa oladimi, degan savol kun tartibida turibdi. Bu o'yinda sensaciya qayd etilmasa, unda PSJ safardan 3 ochko bilan qaytishi deyarli aniq. "Anderlext"dagi murabbiy istefosi va yangi mutaxassisning kelishi balki jamoaning o'yiniga sezilarli o'zgartirish kirita olishi mumkin.


Ikkinchi uchrashuv esa Myunxenda o'tkaziladi. PSJdan uchralgan yirik mag'lubiyatdan keyin Anchelottiga chiqish eshiklarini ko'rsatgan "Bavariya"ni nafaqadagi super murabbiy o'z boshqaruviga oldi. Yupp Xaynkes bugun ECHLda o'z qaytishini nishonlaydi. So'nggi bor ushbu murabbiy ECHL doirasida final o'yinida "Borussiya"ni mag'lubiyatga uchratib "Bavariya"ga ajoyib mavsumni taqdim etgandi. Bugun esa "Seltik" to'sig'idan o'tish talab etiladi. Yuppning jamoaga qaytganini ichki chempionatda 5:0 hisobi bilan nishonlagan "Bavariya" endi ECHLdagi qaytishini ham munosib nishonlashi kutilmoqda. Ammo bunga "Seltik"ni shunchaki rozilik bermasligi mumkin.


"C" guruhidagi o'yinlar bugun boshqa "kvartet"dagilardan ko'ra ertaroq boshlanadi. Ozarboyjonda mehmon bo'ladigan "Atletiko"ning "Qorabog'"ga qarshi o'yini Toshkent vaqti bilan 21:00ga belgilangan. O'tgan turda o'z uyida "Roma"ga etarlicha qarshilik ko'rsatgan "Qorabog'" bugun himoyaviy o'yinni xush ko'radigan "Atletiko"ni taslim etishga urinib ko'radi. O'tgan mavsumda Qozog'istonga safar uyushtirgan va u erdan g'alaba bilan qayta olmagan madridliklar uchun Ozarboyjon safari qay tariqa yakunlanadi, bu nomalum. SHu jihatdan olib qaraydigan bo'lsak, "Qorabog'" Diego Simeone jamoasiga kutilganidan ham ko'proq muammo tug'dirishi mumkin.


Kunning markaziy bahsi esa Londonda "CHelsi" - "Roma" o'rtasida kechadi. 1-2 o'rinda ketayotgan jamoalar o'rtasidagi bahs ham turnir jadvali holatidan kelib chiqqanda ham alohida ahamiyatga ega. Italyancha uslubda o'ynayotgan, italiyalik mutaxassis qo'l ostidagi "CHelsi"ga qarshi Italiyaning "Roma" jamoasi. Qisqa qilib aytganda, "Stemford Brij"da italiyalik mutaxassislar to'qnashuvi: Antonio Konte - Eysebio de Franchesko.


"D" guruhida esa peshqadam autsayderga qarshi o'ynasa, ikkinchi yo'llanma uchun kurashayotgan jamoalar Turinda o'zaro to'qnash kelishadi.  Ernesto Valverde qo'l ostida "Barselona" ECHLning har ikkala uchrashuvida ham g'alaba qozondi va guruhda yakka hokimlik qilmoqda. Ularning bugungi raqibi Greciyaning "Olimpiakos" jamoasi esa hozircha ochko jamg'ara olgani yo'q. Bu bellashuvda favorit nomi aniq.


Turinda esa 3 ochkodan jamg'argan "Yuventus" hamda "Sporting" ikkinchi o'ringa chiqib olish uchun kurash olib borishadi. "Barselona"dan uchta gol o'tkazgan va o'tgan turda "Olimpiakos" qarshiligini qiyinchilik bilan sindirgan "Yuve" uchun "Sporting" bilan bo'ladigan bahs oson bo'lmasligi aniq. Allegri jamoasining ichki chempionatdagi ishlari ko'ngildagidek kechmayapti. Bu ham jamoaga ruhay bosim yuklashi aniq. "Sporting" esa "Yuve"ning aynan shu nuqtasidan unumli foydalanishga harakat qilib ko'radi. Allegri oxirgi o'yindardagi muvaffaqiyatsizliklardan keyin o'z muxlislari qarshisida turinlik ishqibozlarga g'alabani taqdim etishi shart. "Yuve"ga g'alaba nafaqat ruhiy bosim, tushkunlikdan chiqib ketish uchun zarur, balki turnir jadvali holatidan ham ham ular bugun xato qilishga haqlari yo'q. Aks holda guruhdan chiqish imkoniyatlarini keskin pasayib ketishi mumkin.


"A" guruhi
"Benfika" - "Manchester Yunayted"
"Benfika"
: Julio Sezar; Duglas, Luizao, Ruben Diash, Grimaldo; Feysa, Picci, Salvio, Servi; Jonas, Seferovich
O'ynamaydi: Andre Almeyda (diskvalifikaciya)
"Manchester Yunayted": de Xea; Valensiya, Smolling, Djons, Lindelef, Darmian; Errera, Blind, Mxitaryan, Lingard; Reshford
O'ynamaydi: Roxo (jarohat), Ibragimovich (jarohat), Pogba (jarohat), Karrik (jarohat), Fellayni (jarohat), Beyi (jarohat)

CSKA - "Bazel"
CSKA
: Akinfeev; Fernandes, A. Berezuckiy, Vasin, V. Berezuckiy, SHHennikov; Vernblum, Natxo, Golovin; Vitino, Olanare
O'ynamaydi: Dzagoev (jarohat)
So'roq ostida: Vasin (jarohat), V. Berezuckiy (jarohat), Golovin (jarohat)
"Bazel": Vaclik; Lang, Akandji, Suxi, Djaka, Petretta; SHteffen, De, Dzuffi, Oberlin; Elyunussi
O'ynamaydi: van Volfsvinkel (jarohat)
So'roq ostida: Balanta (jarohat)


"B" guruhi
"Bavariya" - "Seltik"
"Bavariya"
: Ulrayx; Kimmix, Xummels, Xummels, Alaba; Rudi, Tyago, Myuller; Robben, Koman, Levandovski
O'ynamaydi: Noyer (jarohat), Bernat (jarohat), Martines (jarohat), Riberi (jarohat)
"Seltik": Gordon; Gamboa, Lustig, Boyata, Tirni; Braun, Ncham; Roberts, Rogich, Sinkler; Griffits
O'ynamaydi: Relston (jarohat), SHimunovich (jarohat)

"Anderlext" - "PSJ"
"Anderlext"
: Sels; Dendonker, Kara, Deshaxt, Appia; Kums, Trebel, Gerkens; Onekuru, Teodorchik, Anni
O'ynamaydi: Spaich (jarohat), Naxar (jarohat)
So'roq ostida: Sova (jarohat)
PSJ: Areola; Dani Alves, Markinos, Kimpembe, Kyurzava; Tyago Motta, Rabo, Verratti; Mbappe, Kavani, Neymar
O'ynamaydi: Tyago Silva (jarohat)
So'roq ostida: Kavani (jarohat), Kyurzava (jarohat), Motta (jarohat), Pastore (jarohat), Verratti


"C" guruhi
"CHelsi" - "Roma"
"CHelsi"
: Kurtua; Aspilikueta, Luis, Kexill; Dzappakosta, Fabregas, Bakayoko, Alonso; Pedro, Azar; Villian
O'ynamaydi: Kante (jarohat), Mouzes (jarohat), Drinkuoter (jarohat)
So'roq ostida: Morata (jarohat)
"Roma": Alisson; Bruno Peres, Fasio, Juan Jezus, Kolarov; Strootman, De Rossi, Nainggolan; Florenci, Djeko, Perotti
O'ynamaydi: Manolas (jarohat), SHik (jarohat), Defrel (jarohat)

"Qorabog'" - "Atletiko"
"Qorabog'"
: SHexich; Medvedev, Sadygov, Guseynov, Agoli; Garaev, Enrike, Richard Almeyda, Kintana, Elyunussi; Madatov
So'roq ostida: Dino Ndlovu (jarohat)
"Atletiko": Oblak; Vrsalko, Ximenes, Godin, Filipe Luis; Gabi, Tomas, Saul, Karrasko; Korrea, Torres
O'ynamaydi: Xuanfran (jarohat), Vetto (jarohat)
So'roq ostida: Grizmann (jarohat), Koke (jarohat)


"D" guruhi
"Barselona" - "Olimpiakos"
"Barselona"
: ter Stegen; Semedu, Pike, Yumtiti, Din; Roberto, Buskets, Iniesta; Messi, Suares, Deulofeu
O'ynamaydi: Dembele (zadnyaya myshca bedra), Rafinya (koleno)
So'roq ostida: Arda Turan (stopa)
"Olimpiakos": Proto; Elabdellaui, Botiya, Nikolau, Kutris; Karsela-Gonsales, Jiye, Zdelar, Romao, Andrucos, Odjidja
O'ynamaydi: Ben-Nabuan (jarohat), Emenike (jarohat), Figeyrash, Seba

"Yuventus" - "Sporting"
"Yuventus"
: Buffon; Sturaro, Rugani, Kellini, Aleks Sandro; Pyanich, Matyuydi; Kuadrado, Dibala, Mandjukich; Iguain
O'ynamaydi: de SHilo (jarohat), Xevedes (jarohat), Markizio (jarohat)
"Sporting": Patrisiu; Pichchini, Koates, Mate, Fabiu Koentrau; Jelson, Villyam Karvalyu, Battalya, Brunu Fernandesh, Akunya; Dumbiya.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика