"Match TV" Belarus chempionati translyaciyasi uchun qancha to'lashi malum bo'ldi
01 apr 2020 13:25
Yangiliklar
"Match TV" Belarus chempionati translyaciyasi uchun qancha to'lashi malum bo'ldi
Rossiyaning "Match TV" telekanali Belarus chempionati translyaciyasini xarid qilmoqda.
Betting Insider bergan malumotlarga ko'ra, telekanal 210 ming dollar evaziga tv huquqni xarid qiladi.
Kelishuv quyidagi sabablar tufayli bekor qilinishi mumkin:
- Agar Belarus chempionati karantin tufayli bekor qilinsa.
- Translyaciyalari sotib olingan asosiy top-chempionatlarda o'yinlar qayta boshlanganda, "Match TV"ning bir tomonlama qarori bilan.
"Match TV" Belarus chempionatining ikkala tur uchrashuvlarini jonli efirda namoyish etdi.
Eslatib o'tamiz, ikki o'zbekistonlik futbolchi - Jasur Yaxshiboev va SHahboz Umarovlar Belarus chempionatida ishtirok etayotgan "Energetik-BGU" sharafini himoya qilishmoqda.
Fikrlar