Matbuot kotiblari uchun seminar bo'lib o'tdi

Narzulla Saydullayev
26 fev 2014, 12:33
Bugun Toshkent shahridagi "Miran International" mehmonxonasida Oliy liga va Birinchi liga matbuot kotiblari uchun seminar bo'lib o'tdi.
Ushbu seminarda 20dan ziyod klub matbuot xodimlari ishtirok etdi. Sardor Rahmatullaev va Farhod Magamedov seminarni ochib berishdi.

"Ayni vaqtda klublarimizda licenziyalash ishlari olib borilmoqda. Bularning barchasi futbolimiz rivoji uchun olib borilayotgan ishlardan hisoblandi. Matbuot kotiblari uchun tashkillashtirilgan ushbu seminar har bir klub matbuot kotiblari uchun samarali bo'lishiga ishonaman", - deydi Sardor Rahmatullav

Shundan so'ng PFL bosh direktori Farhod Magamedov so'zga chiqdi.

"Hammangizni kirib kelayotgan yangi futbol mavsumi bilan tabriklayman. Ushbu seminarda ishtirok etayotgan barcha matbuot kotiblari o'z klublariga va futbolimiz rivojiga hissa qo'shishini so'rardim. Jumladan bugungi matbuot anjumanida ishtirok etayotgan Chetan Kulkari janoblariga ham minnatdorchilik bildiraman", - deya aytib o'tadi Farhod Magamedov

Matbuot anjumani ochilgandan so'ng O'FF matbuot xizmati boshlig'i Sarjar Rizaev bugungi reja bilan yig'ilganlarni tanishtirib o'tdi.

Dastlab OFK Media departamenti boshlig'i Chetan Kulkari tomonidan nazariy mashg'ulot olib borildi.
Ushbu qismda matbuot kotiblariga OAV bilan ishlash, o'yin-oldi, o'yin davomidagi va o'yindan keyingi faoliyat haqida tushunchalar  slaydlar yordamida tushuntirib berildi. Bugungi seminar 10:00 dan 18:00 gacha davom etadi. Har xil qismlardan tashkil etilgan matbuot kotiblari uchun seminarning to'liq qismi bilan yakunlangandan so'ng batafsil xabar berib o'tamiz.

Ushbu o'quv seminarida quyidagi klub matbuot hodimlari ishtirok etmoqda.

"Olmaliq" - Baxtiyor Shirinov
"Dinamo" - Usmon Ibodov
"Nasaf" - Aziz Nurov
"Lokomotiv" - Mamur Mamadaliev, Otabek Eshmamatov
"Paxtakor" -  Bekzod Nazarov, Nodir Abduqodirov
"Bunyodkor" -  Mirzahakim To'xtamirzaev
"Navbahor" - Shavkat Sodiqov
"Sho'rtan" - Tolibjon Qosimov
"Guliston" - Nemat Ahmedov
"Orol" - Ro'zali Qurbonov
"Sherdor" -  Humoyun Davurov
"Metallurg" - Komil Jumaev
"Oq-tepa" - Furqat Nishonov
"So'g'diyona" - Umid Raimjonov
"NBU-Osiyo" - Fahriddin Murodov
"Qo'qon-1912" - Oybek Kopadze
"Neftchi"  - - -
"Mashal"  - - -
"Buxoro"  - - -
"Andijon"  - - -

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia