So’nggi yangiliklar

08:05Саудия Про лигаси. Кутилмаганда «Ал Ҳилол» ва «Ал Иттиҳод» бир кунда мағлуб бўлди  0 07:30Расман. «Ал Ҳилол» Неймардан қутилди  1 01:17Омар Момани Абдуқодир Ҳусановга атаб карикатура чизди  4 00:56"Арсенал" футболчисини четлатган ҳакамга уни ва икки ёшли қизини ўлдириш билан таҳдид қилишди  5 00:17Кейинги турдан бошлаб Германияда ҳакамлар ВАРдан сўнг қарорларини бутун стадионга тушинтириб беради  0 23:53Назорат ўйини. Ўзбекистон Кападзе мураббийлигида Иордания билан муроса кўчасини танлади  218 23:36Қозоғистонлик футболчи "Челси"га ўтяпти  11 23:15"Манчестер Сити" сотиб олган 18 ёшли ҳимоячи "Ланс"да ўйнайди  0 22:48Кайл Уокер: "Милан" билан ЧЛ ютиш - орзуим. "Сити"даги ишлар яхши эмас эди"  3 21:49"Сўғдиёна" "Рига"га мағлуб бўлди  2 21:23"Ювентус" Хави билан боғланди  7 20:49Эшитдик-да! Ҳусайн Норчаев Португалия клубига ўтишга яқин  83 20:45ФИФА ЦСКАдан трансфер тақиқини олиб ташлади  14 20:39Ўзбекистон терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  19 19:53"Челси" ҳимоячиси "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  1

Matbuot anjumani. Farhod Nishonov: "Husanov va Fayzullaev U-20 terma jamoasida porlab chiqishdi va ular "planka"ni juda yuqoriga ko'tarib yuborishdi. Bizning maqsadimiz o'sha darajani ushlab qolish" Yangiliklar

Matbuot anjumani. Farhod Nishonov: "Husanov va Fayzullaev U-20 terma jamoasida porlab chiqishdi va ular "planka"ni juda yuqoriga ko'tarib yuborishdi. Bizning maqsadimiz o'sha darajani ushlab qolish"

Xabaringiz bor, O'zbekiston U-20 terma jamoasi fevral oyida Xitoyda tashkil qilinadigan U-20 Osiyo kubogida ishtirok etadi.

Bugun terma jamoa azolari musobaqa oldidan so'nggi yig'in uchun chin o'lkasiga yo'l olishadi. Masuliyatli turnir oldidan terma jamoa bosh murabbiyi Farhod Nishonov, futbolchilar G'iyosjon Rizaqulov, Muhammadyusuf Sobirov, Asilbek Jumaev ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi. 

Farhod Nishonov: - Musobaqaga tayyorgarlik biz istagandek va reja asosida o'tdi. Osiyo chempionati qay darajada tayyorgarlik ko'rganimizni ko'rsatib beradi. 

G'iyosjon Rizaqulov: - Yaxshi tayyorgarlik ko'rdik va bizda hammasi yaxshi. 

Muhammadyusuf Sobirov: - Musobaqaga tayyorgarlik murabbiylarning rejalari bo'yicha ketmoqda. Osiyo chempionatiga yuz foiz tayyormiz.

Asilbek Jumaev: - Hozirgi kunda eng yaxshi yig'inni o'tkazib, Osiyo chempionatiga munosib hozirlik olib bordik. 

- Klublar safidagi mavsumdan so'ng ketma ket yig'inlar tasir futbolchilarning jismoniy, ruhiy qilmaydimi? CHarchoq alomatlari yo'qmi?

- Hozirgi kunda futbolning o'zi qiyinlashib ketdi. Futbolchilarda nafas olishga ham vaqt yo'q. Dam olishlar, yig'inlar bu futbochilarning ishi, masuliyati hisoblanadi. SHunday ekan mazkur omillar ularning professionallik darajasiga tasir qilmaydi. 

- O'zbekiston musobaqaga amaldagi chempion sifatida bormoqda. Bu jamoaga bosim yuklaydimi yoki ishonchni oshiradimi? Asosiy maqsad Jahon chempionati yo'llanmasimi yoki chempionlik?

- Abduqodir Husanov va Abbosbek Fayzullaev U-20 terma jamoasida porlab chiqishdi va ular "planka"ni juda yuqoriga ko'tarib yuborishdi. Bizning maqsadimiz o'sha darajani ushlab qolish. Bu musobaqa bosim emas futbolchilarga o'zini ko'rsatishi uchun imkoniyat. Maqsadimiz plankani yuqori saqlab qolish. Birinchi maqsadimiz Jahon chempionatiga yo'llanma olish, keyingisi chempionlik. 

- O'tkazilgan yig'inlarda qanchalik ko'nglingiz to'ldi? Balki o'zingiz istagan qaysidir futbolchi tarkibga kirmay qoldimi? Raqiblar haqida ham to'xtalib o'tsangiz...

- Ko'p yig'in o'tkazdik demagan bo'lardim. 10 kunlikdan 3 ta yig'in olib bordik. Bundan ortig'ini qila olmasdik. Futbolchilar klubida katta hajmdagi ishni bajardi. Barchasini hisobga olib reja ishlab chiqqandik. O'FA men istagan imkoniyatni yaratib berdi. Yig'inlardan ko'nglim to'ldi. Etibor bergan bo'lsangiz rotaciyalar ko'p qildik. Bir xil tarkib bilan o'ynamadik. Bu ularning sport formasi, jarohatlari bilan bog'liq edi. Jarohatlar o'zimni ham qiynab yubordi. Muhammadali O'rinboev, Abdug'afur Haydarov, Ravshan Xayrullaev, Nurlan Ibraimov, Ro'ziboy Fayzullaevda jarohat bor edi. Terma jamoa shifokorlari bilan qo'ldan kelganicha yordam berdik. Oxirgi yig'inimizda ular safimizga qaytdi. Biz qanday tayyorgarlik ko'rsak, ular ham shunday qilyapti. Qatarda Yaman bilan birga yashadik. Ularning Saudiya Arabistoni bilan o'yinini ko'rdik. Hozirgi Yaman kuchliroq. Ularning kuchli tomoni Saudiya chempionatidan yig'ilgan. Indoneziya legionerlar bilan o'yinni shakllantirdi. Eron haqida katta malumotimiz yo'q. Futboldagi eng yomon narsa bahona. Har bir o'yinchimiz borasida ularda malumot bor. Men yigitlarga ishonaman. Biz birgaliklda maqsadimizga erishamiz.

- O'zbekiston U-20 terma jamoasi Xitoy Taypeyida taomlanish bilan bog'liq muammolarga uchragandi. Bunga qanday echim topildi? Futbolda mayda detallar bo'lmaydi. Murabbiylar shtabi qanday shakllantirildi?

- Futbolda eng muhim narsa ovqatlanish. Qatardagi oxirgi o'yinda terma jamoa men istagan o'yinni ko'rsata olmadi. O'zini ko'rsata olmadi. Bu ham taomga bog'liq. Qatar bizga shunday sharoit yaratib bergan. Mehmonxonalar turistlar uchun taomnomalar qilgan, sportchilar uchun emas. Hozir menejerimizni Xitoyga yuborganmiz. Kimdir istaganini emoqda. Aytganimdek menejerimiz buni o'rganmoqda. Murabbiylar shtabiga kelsak,  mazkur terma jamoa 2 yil oldin yig'ilgan. O'sha murabbiylar shtabi saqlanib qolingan. Rauf Inileev ham Xitoyga boradi. 

- Futbolchilarga savol. Osiyo  kubogidan nima kutyapsiz?

Muhammadyusuf Sobirov: - 2023 yil U-17 Osiyo chempionatida faqat Jahon chempionatiga chiqqan edik. CHempion bo'lish orzuimiz bor edi. Bu safar Jahon chempionati va chempionlikni ko'zlaganmiz.

- Legionerlarimizning holati qanday? Amirbek Saidov klubida etarlicha amaliyotga ega bo'lmayapti. Lazizbek Mirzaev musobaqaga qanday holatda keladi?

- Yig'inlarda boshqa legionerlarimizni ham ko'rib oldik. Amirbek Saidovning holati bizni ham bezovta qilyapti. Lekin terma jamoada unga imkoniyat beryapmiz, o'yindan-o'yinga qo'shib bormoqda. Lazizbek Mirzaevni bezovta qilishni istamadik. Klubi bilan kelishuvimiz bor edi. Ular futbolchimizni eng yaxshi sport formasida Xitoyga yuborishini aytishdi.

- Muhammadyusuf Sobirovga savol. "So'g'diyona"da bir nechta o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdingiz. Bir necha yillik darvozabon Mitrovich bilan raqobatlashdingiz. Bu qanday ustunlik berdi?

- Ivan Boshkovich yoshlarga ko'proq imkoniyat beradi. Mitrovich jarohat olgan vaqtda imkoniyat berishdi. Bu erda murabbiyning ham ishi ko'p bo'ldi. 

- Legioner bo'lish maqsadingiz bormi?

- Birinchi navbatda Jahon chempionatiga chiqish. Mundialdan so'ng legionerga aylanishni maqsad qilganman. 

-  Avvalo Osiyo kubogida chempionlikni tilab qolamiz. Qo'limizga shunday qog'ozlar keldiki, Saudiya Arabistonida tashkil qilingan yig'inda futbolchilarning jismoniy holati pastroqda bo'lgan. Bu narsa ustida ishlandimi?

- Juda to'g'ri savol. Yangi yil arafasida bu narsa bo'lishi aniq edi. Futbolchilar klubidan so'ng dam oldi. Keyin terma jamoa yig'iniga qo'shilishdi. Ular robot emas, birdaniga yuz foizga olib chiqa olishmasdi. Ularga bir bo'limdan imkoniyat berdik. Hozir futbolchilarimiz juda yaxshi holatda. Qatarga ham, Suriyaga ham jismoniy tomonlam yutqazmadik. 

- 25 nafar futbolchi olib ketilmoqda. 23 talik qaysi tartibda aniqlanadi? Jarohatlar bo'yichami yoki futbolchilarning sport formasimi?

- Jarohatlardan tiklanmaganlar bor. Ular bilan individual ishlamoqdamiz. Maydonga chiqqanida jismoniy tomondan tayyor bo'lishi kerak. 25 nafar olib ketilishini sababi qaysidir poziciyalarda ikkilanish bo'lmoqda. Bu sport formasi va sog'lig'i bilan bog'liq. Oxirgi nazorat uchrashuvidan so'ng xulosa chiqaramiz. 2 nafar futbolchi musobaqada qatnashmaydi. Kim kuchli bo'lsa o'sha ishtirok etadi.

- Klublar qishki yig'inda futbolchilarni terma jamoa ixtiyoriga qo'yib yuborishga qanday munosabatda bo'ldi?

- Klublar bilan deyarli muammolar yo'q. Har bir murabbiy terma jamoani qo'llab-quvvatlamoqda. Xursand qiladigani murabbiylar futbolchilari to'g'risida qiziqib malumot so'raydi. Buning uchun ularga rahmat aytamiz. 

- "Olimpik Mobiuz"ning yoshlar terma jamoasining shakllanishida o'rni bo'ldimi?

- Bu loyiha o'zini oqladi va buni natijasini katta Olimpiadada ko'rdik. O'tgan yilgi yigitlarimizning darajasi o'sdi. To'g'risi o'z klubining yoshlar jamoalarida ham o'ynashmasdi. "Olimpik Mobiuz"ning tashkil qilinishi aynan mahalliy futbolchilar uchun foyda bo'ldi. Klublarimizda asosiy vazifa sifatida natija qo'yilmoqda. Natijani yo'lida mahalliy yoshlar ularga kerak emas, lekin bizga kerak. Terma jamoaga, kelajagimizga zarur. Biz ko'p futbolchilarni terma jamoa darajasiga olib chiqdik. "Surxon"da o'ynagan Abdug'afur Haydarov "Olimpik Mobiuz"da tajriba oshirgan. Asosiy tarkibda o'ynatamiz desa ushlab o'tirmaymiz. 

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
27 jan 16:01:02
Abdusalom Mirzayev
Азим Исмаилов foydalanuvchining fikriga javob berish
Асосий булиш шарт эмас чемпионатимизда еш Футболчиларга йул берилмайди хаммаекни дедлар эгаллаб олган Бу Футболчилар узини жчда яхши курсатиб кейин Белоруссияга кетса булади
Файзуллаев, Рахмоналиев, Жалолиддинов, Бўриев.... лар асосийда тушар эди.
   
27 jan 14:51:12
Азим Исмаилов
Abdusalom Mirzayev foydalanuvchining fikriga javob berish
Аввало ҳеч бўлмаганда булардан 4-5 таси ўз клублари асосийларидан бўлиши керак
Асосий булиш шарт эмас чемпионатимизда еш Футболчиларга йул берилмайди хаммаекни дедлар эгаллаб олган Бу Футболчилар узини жчда яхши курсатиб кейин Белоруссияга кетса булади
   
27 jan 14:39:52
Abdusalom Mirzayev
Аввало ҳеч бўлмаганда булардан 4-5 таси ўз клублари асосийларидан бўлиши керак
   
27 jan 13:54:11
Азим Исмаилов
Мана энди тренердан жуяли гап чикибди
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика