Mata: "Old Trafford"ni uyim deyishga faxrlanaman"
19 iyu 2019 22:40
Yangiliklar
Mata: "Old Trafford"ni uyim deyishga faxrlanaman"
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Xuan Mata klub bilan shartnomasi uzaytirilgani borasida gapirdi
Yangi kelishuv 2021 yilga qadar mo'ljallangan.
"Manchester Yunayted" kabi jamoada o'ynash men uchun faxr! Bu erda 5 yildan buyon o'ynayapman va "Old Trafford" mening uyim deyishga faxrlanaman. Ole Gunnar Sulsher va uning shtabi bilan ishlashdan baxtiyorman", - dedi Mata.
31 yoshli futbolchi 2014 yilda "CHelsi"dan 42 million evro evaziga "Manchester Yunayted"ga olib kelingandi. Yakunlangan mavsumda u jamoasi tarkibida 32 o'yinda qatnashib, 6 gol urdi va 4 golga assistentlik qildi..
O’xshash yangiliklar
15:55
Ispaniya OTJ futbolchilari: "Tokio-2020dan tugallanmagan ishimiz bor. Maqsadimiz - oltin medal" 6
Fikrlar