So’nggi yangiliklar

00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  0 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  0 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  0 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  7 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  16 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

Masuliyatdan qochish va jamoani psixologik jihatdan tayyorlay olmaslik. Sport psixologi Katanecning xatti-harakatlarini tahlil qildi Yangiliklar

Masuliyatdan qochish va jamoani psixologik jihatdan tayyorlay olmaslik. Sport psixologi Katanecning xatti-harakatlarini tahlil qildi

Ko'plab futbolchi, xokkeychi va gimnastikachilar bilan ishlagan rossiyalik sport psixologi Aleksandra Xusainova O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanecning Qatardan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga bergan javoblari va uning xatti-harakatlarini tahlil qilib chiqdi.

- Diplomatiya nuqtai nazaridan O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyini faqat maqtash mumkin. U barcha dolzarb savollardan qochib qutula olgan. O'yinchilar 100 yoki hatto 120% kuchlarini berishdi. U esa ketmoqchi emas, chunki minimal maqsadni bajardi. Ammo diplomatik javoblar har doim javobgarlikdan qochishni anglatadi. Murabbiyning so'zlariga ko'ra, hammasi joyida, hamma zo'r, lekin futbolchilar psixologik jihatdan tayyor emasdi. Bu professional sportda juda muhim bo'lgan kichik detaldir.

Ha, bu arzimas narsaga o'xshaydi. Biroq futbolchilarning psixologik holatiga kim javobgar? Bu bilan sport psixologlari shug'ullanadi, masalan, Koreya Respublikasi terma jamoasida Avstriyadan kelgan mutaxassis ishlaydi. Agar sport psixologi bo'lmasa, bu masuliyat bosh murabbiyning gardaniga tushadi. SHunda murabbiyga mantiqiy savol tug'iladi: nega futbolchilar penaltilar seriyasiga tayyor emasdi? Bu savolni undan boshqasiga berib bo'lmaydi.

Tabiiyki, murabbiylar kamdan-kam hollarda o'zlarini aybdor deb bilishadi. O'yinchilar bunday holatda ko'pincha qayg'uga cho'mishadi. Aybdorni topish hech qaerga olib bormaydigan yo'l sanaladi. Axir, professional sportda bir kishi aybdor bo'lishi deyarli hech qachon kuzatilmaydi. Bu erda oilaviy hayotda bo'lgani singari har kim o'z yo'lida aybdor. Faqat murabbiy yoki malum futbolchilarni ayblab bo'lmaydi. SHunday jamoa shakllantirgan va shunday murabbiyni tayinlagan tizim bor. Psixolog sifatida uning suhbatini tahlil qilar ekanmiz, murabbiyga savollarim bor. U futbolchilarning psixologik tayyorgarligi yo'qligidan nolidi. Bunga kim javobgar?



Agar biz noverbal vaziyatlarga qarasak, birinchi savoldanoq "yopiq turish"ni ko'ryapmiz. Endi buni "hisoblash" uchun psixolog bo'lish shart emas – ko'pchilik bu nima ekanligini mashhur adabiyotlardan bilishadi. Biror kishi bir narsani aytishi mumkin, lekin uning tana harakatlari yashirilgan his-tuyg'ularni ochib qo'yadi. Deyarli butun suhbat davomida yopiq turish (qo'llarni bukib turish) – bu himoya. SHunday qilib, u: "Men o'zimni sizdan, sizning savollaringizdan himoya qilaman. Men sizning hujumlaringizga tayyorman va o'zimni himoya qila olaman" deb aytayotganga o'xshaydi.

Umuman olganda, professional sportda chiqishlarning muvaffaqiyatiga uchta omil tasir qiladi. Avvalo, bu sportchining istedodi bo'lib, unga atrof-muhit masuldir, shuningdek, ushbu istedodni rivojlantirishga imkon beradigan davlat va ixtisoslashtirilgan federaciyalar. Qolgan ikki jihat texnik va psixologik tayyorgarlikdir. Texnik tayyorgarlik bilan hammasi aniq – buning uchun murabbiy to'liq javobgar. Psixologiya haligacha yaxshi ishlamaydi. Murabbiylar ko'pincha psixologlarni o'z jamoalariga kiritmaydilar, buni o'zimiz hal qilamiz, deyishadi. SHu bilan birga, ularning o'zlari bazan bunday vaziyatda nima qilish kerakligini, muayyan vaziyatda qanday harakat qilish kerakligini to'liq tushunmaydilar. Futbolchining ruhiy tayyorgarligi yo'qligini aytish har doim yaxshi bahona bo'ladi.

Agar o'yinchi yoki umuman jamoa oldin doimiy alo natijalarni ko'rsatgan bo'lsa va keyin to'satdan nimadir "ishdan chiqsa" bu javobni bersa bo'ladi. Bunday holda biz haqiqatan ham futbolchining kayfiyati yaxshimasdi va ularning "yulduzi yulduziga mos kelmadi" deb aytishimiz mumkin. Lekin, aytganimdek, bunga murabbiy javobgar. Aynan u motivaciya berishi, jamoani jipslashtirishi, shuningdek, qaerda olg'a bosish va qaerda yumshoqroq bo'lishni bilishi lozim.

Nikolay Egorichev


Srechko Katanec bilan mag'lubiyatdan so'ng uyushtirilgan suhbatni quyida ko'rishingiz mumkin.


Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика