Massimiliano Allegri: "Yuventus" ochko yo'qotishi mumkin emas"
03 noy 2018 01:26
Yangiliklar


Massimiliano Allegri: "Yuventus" ochko yo'qotishi mumkin emas"
"Yuventus" bosh murabbiyi Allegri A Seriya 11-tur doirasida "Kalyari"ga qarshi o'tkaziladigan bahsdan oldin fikr bildirib o'tdi.
"Hozir ochko yo'qotish mumkin emas. CHunki bizni "Inter" va "Napoli" klublari izma-iz taqib qilib kelishmoqda. Ertaga "Kalyari"ga qarshi harakat qilamiz. Ushbu klub chempionatda so'nggi o'yinlarni ishonchli o'tkazib, kerakli ochkolarni qo'lga kiritib kelmoqda. Pavoletti (9 o'yin, 5 gol) kabi hujumchisi bor jamoa, har doim jarima maydonchasida xavfli. Bizni oldinda muhim uchrashuv kutmoqda", - deya Allegrining so'zlarini keltirdi TutteJuve nashri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar