Massimiliano Allegri: "Tarixni unutinglar, oldinda yangi o'yin turibdi"
03 iyu 2017 08:52
Yangiliklar
Massimiliano Allegri: "Tarixni unutinglar, oldinda yangi o'yin turibdi"
"Tinch va xotirjam o'ynaymiz. Butun yil mana shu uchun ishladik. Oson bo'lmaydi, axir "Real" - musobaqaning amaldagi g'olibi, ammo biz madridliklardan ko'ra biroz ko'proq ishlashimiz kerak.
Asosiy tarkib haqida yakuniy qarorga kelmadim. Uchrashuv 90 yoki 120 daqiqa davom etishi mumkin. 3-4 oydan buyon yangi taktik sxema bo'yicha ishlayapmiz. Butun o'yinda aktiv bo'la oladigan tarkibni tanlayman.
Beyl o'z tezkorligi bilan "Real"ga ko'p narsa bera oladi. Isko ajoyib mavsumni o'tkazmoqda, ancha kuchaydi, u bilan "Real"ning kombinaciyalarini o'qish qiyin.
Ertaga statistika rol o'ynamaydi. Bu final, bitta o'yin. Biz o'z kuchimizga ishonishimiz va "Real"da kuchliroq bo'lishimiz kerak.
Iguain hech nimani isbotlashi kerak emas. U Monakoda ikkita muhim gol urdi, finalda ham o'zining eng yaxshi o'yinini namoyish etishiga ishonaman.

"Inter"ning 2010 yildagi natijasini (trebl) takrorlash haqida o'ylamadim. Biz chempionat va Italiya kubogini qo'lga kiritdik, shunday ekan bu mavsum biz uchun ajoyib o'tdi. Ertaga esa mavsumni o'zgacha unutilmas bo'lishiga harakat qilamiz.
Odamlar "Yuventus" oltita finalda yutqazgan deyishmoqda. Buni eshitganman, ammo bu tarix. 15, 20 yoki 50 yil oldingi narsalarni eslash kerak emas. Ertaga yangi o'yin", - deydi Allegri UEFA rasmiy saytiga.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar