So’nggi yangiliklar

20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  0 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  1 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  4 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5

Massimiliano Allegri: "Asosiy tarkib bilan chempion bo'lish oson edi, ammo ECHL..." Yangiliklar

Massimiliano Allegri: "Asosiy tarkib bilan chempion bo'lish oson edi, ammo ECHL..."

"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri A Seriya 32-turida SPALdan uchralgan mag'lubiyat (1:2) haqida fikr bildirdi.

"Bugun ko'plab yosh futbolchilar maydonga chiqishdi. Ular yaxshi harakat qilishdi, lekin ikkinchi gol tajriba etishmasligini ko'rsatdi.

Ikkinchi bo'limda yaxshi javob qaytardik, ammo o'yinga qayta kirishib keta olmadik. Kuadrado va Dibalaning holatini ko'rishim kerak. Ular hozir optimal jismoniy holatda emas. Dibala ko'p o'ynasa, formasini yaxshi darajaga olib chiqadi. U hozir 20 daqiqalik o'yin amaliyoti ega bo'lish orqali ruhan qiynalmoqda.

Katta klubda o'z o'rnini topish uchun har kuni kurashish kerak va hozirgi harakatlardan juda mamnunman. Bu albatta seshanba kungi ECHL o'yinidan oldin yaxshi eslatma. Qo'shimcha vaqtlarni hisobga olgan holda tayyorlanishimiz shart.

11 asosiy futbolchini maydonga tushirib skudettoni qo'lga kiritish juda oson ish. Ammo, kelayotgan ECHL o'yiniga etibor qaratish muhimroq. Kin biroz charchadi va uni almashtirishga qaror qildim", - deya Allegrining so'zlarini keltiradi Sky Sport Italia nashri.

Eslatib o'tamiz, "Yuventus" 16 aprel kuni o'z maydonida "Ayaks"ga qarshi ECHL chorak final javob uchrashuvini o'tkazadi. Birinchi o'yin 1:1 hisobida yakunlangan.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика